Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bo‘lib o‘tayotgan Uy parvarishi va reabilitatsiya bo‘yicha xalqaro ko‘rgazmada Unicare kompaniyasi yolg‘iz keksa odamlar uchun maxsus yaratilgan kresloni taqdim etdi, deb xabar bermoqda New York Daily News.
Kresloning orqa qismi uzun qo‘lli, jilmayib turgan qo‘g‘irchoq shaklida yasalgan. Mualliflarning ta’kidlashicha, bunday kreslolar quchoqlashishga hech kimi yo‘qlarga qo‘l kelishi mumkin.
Narxi 46 ming iena (taxminan 420 dollar) bo‘lgan kreslo aravachada harakatlanadigan nogironlar uchun ham moslashtirilishi mumkin. Shuningdek, ko‘rgazmada dori ichish vaqtini eslatib turadigan va eski yapon qo‘shiqlarini aytadigan qo‘g‘irchoqlar ham taqdim etilgan.
Izoh (0)