Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kechki ovqat uchun qanday taom iste’mol qilish haqidagi savol deyarli kuni bo‘yi qiynaydi. Kechki ovqat ham nonushta va tushlik kabi muhim sanalib, unga e’tiborsizlik qilish mumkin emas. Shunga qaramay, ko‘pchilik uyqudan avval tanovul qiladigan ovqatiga ahamiyat bermaydi. Natijada noto‘g‘ri ovqatlanish tufayli ichaklarda noqulaylik, og‘riqlar kelib chiqadi. Bu esa uyquda bezovtalik hamda yomon tushlarga sabab bo‘ladi.

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Yangi sabzavotlar

Bundan hammaning hayratga tushishi tabiiy, chunki juda ko‘pchilik sabzavotlardan tayyorlanadigan salatlarsiz kechki ovqatni tasavvur ham qilmaydi. Shuningdek, parhezdagilar ham kechki ovqatga iloji boricha sabzavotlar yeyish bilan cheklanadi. Ammo masalaning muhim tomoni shundaki, tunda uyquga ketgandan so‘ng organizm ham dam olish rejimiga o‘tadi. Lekin uyqudan oldin qabul qilingan xom sabzavotlar evaziga ular tuni bilan uni hazm qilish faoliyatini olib boradi. Natijada uyquni me’yorida bo‘lmasligi va noxush his-tuyg‘ular kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

Go‘sht

Har qanday holatda ham kechki ovqatda go‘sht iste’mol qilish mumkin emas. Go‘sht tarkibida tirozin miqdori ko‘p bo‘lib, qonda adrenalin darajasini oshirib yuboradi. Shuning uchun ushbu mahsulotni ertalab iste’mol qilish afzal. Kechga qadar adrenalin darajasi normal holatga keladi va natijada uyqu tinch holatda bo‘ladi. Kechki ovqatga yengil oqsil tarkibiy qismi sifatida parranda go‘shti yoki baliq go‘shti tavsiya etiladi.

Achchiq ovqat

Hayotini achchiq taomlarsiz tasavvur qila olmaydiganlar uxlashdan bir necha soat oldin undan voz kechishi kerak. Kapsaitsin – ovqatni achchiq qiladigan qo‘shimcha shilliq qavatga tushib, og‘iz yoki oshqozonni bezovta qiladi. Jig‘ildon qaynashini sabab bo‘luvchi me’da shirasi sekretsiyasini ishlab chiqaradi. Uyqu paytida yuzaga kelgan hissiyotlar barchasi dahshatli tushlar ko‘rishga olib keladi. Shuning uchun ham achchiq taomlar retsoraniga iloji boricha tushlik uchun borish tavsiya etiladi.

Yog‘li taomlar

Zaytun moyi, yong‘oq, avakado kabilar mahsulotlar, albatta, afzalliklarga ega. Ammo ularni uxlashdan 4 soat avval iste’mol qilish kerak. Sababi bular ham xuddi sabzavotlar bilan bir xil. Tanadagi yog‘larni moslashtirish uchun ko‘p energiya sarflash zarur. Bordi-yu inson bu vaqtda uyquga ketsa, hazm qilish jarayoni ham shunga muvofiq to‘xtaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda so‘nggi sutkada 153 kishida koronavirus aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda 6-dekabr yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda
Mahalliy
“IIV vakillari muammoni prokuraturaga yuklab, jamoatchilikni chalg‘itibdi” — o‘z pogonini yulib, ayolni qasddan aybdor qilmoqchi bo‘lgan IIB xodimi voqeasi yuzasid...