Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Barselona” va “Milan” klublari sobiq hujumchisi Ronaldinyo koronavirusga yo‘liqdi. Bu haqda braziliyalik sobiq o‘yinchining o‘zi ma’lum qildi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

“Men shanba kuni Belu-Orizontida edim, Auto Truck kompaniyasining tadbirida qatnashish uchun kelgandim. Tashkilotchilarning iltimosiga ko‘ra koronavirusga test topshirdim, u virusga ijobiy xulosa berdi.

Menda hammasi joyida, kasallik alomatlarsiz o‘tmoqda, biroq marosimni tark etishimizga to‘g‘ri keladi. Hammangizni quchib qolaman”, — deydi Ronaldinyo.

Eslatib o‘tamiz, mart oyi boshlarida 40 yoshli braziliyalik akasi bilan Paragvay hududiga soxta pasport bilan kirganligi uchun hibsga olingandi. Shundan keyin ular 32 kun davomida qamoqda saqlandi va keyinchalik Asunsyondagi mehmonxonada uy qamog‘iga olindi. U yerdan sobiq futbolchi va uning akasi avgust oyi oxirida ozod etildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)