Daryo

Rossiya bosh infeksionisti qo‘lqop taqishni ortiqcha va samarasiz chora deb atadi

Mutaxassis buning o’rniga qo‘llarni antiseptik vositalar bilan dezinfeksiyalashni tavsiya qilgan

2 daqiqa o‘qish22 482 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Global Look Press

Qo‘lqop taqish koronavirus tarqalishiga qarshi samarasiz choraga aylanmoqda. “Interfaks”ning xabar berishicha, bu haqda Rossiya bosh infeksionisti Vladimir Chulanov ma’lum qildi.

Foto: Global Look Press

“Virus, asosan, (90 foiz) havo tomchilari orqali yuqadi va faqat 10 foiz holatdagina kontakt yo‘li bilan, ya’ni virus qolgan joyga qo‘l bilan tegish va uni ko‘z, og‘izga tekkizish orqali yuqadi. Ushbu 10 foiz muhim rol o‘ynamaydi. Mening nazarimda, koronavirusning kontakt yo‘l bilan yuqishining oldini olishda eng samarali usul bu jamoat transportiga kirish-chiqishda qo‘lni antiseptik vositalar bilan artishdir”, — degan Vladimir Chulanov.

Uning aytishicha, “agar hamma transportga kirish-chiqishda qo‘llarni antiseptik vositalar bilan artganida, shuning o‘zi yetarli va ehtimol qo‘lqoplarga qaraganda samaraliroq bo‘lardi. Chunki uni to‘g‘ri taqish, utilizatsiya qilish kerak, buni esa hamma ham bilmaydi”.

“Kimdir uni yana taqish uchun cho‘ntagiga solib qo‘yadi. Bu infeksiya yuqtirish borasida qo‘shimcha xavf paydo qiladi. Agar hamma to‘g‘ri foydalanganida — yuzga tekkizmasdan taqib, yuzasiga tegmasdan yechganlarida va maxsus chiqindi konteynerlariga utilizatsiya qilganlarida edi, bu ideal bo‘lardi, lekin hamma ham bunday qilmaydi.

Infeksionist, shuningdek, ayrimlar qo‘lqoplarni tashlab yubormasdan uzoq vaqt taqayotganini, bu ularni hech nimadan himoya qilmasligini, aksincha xavf paydo qilishini ham aytib o‘tgan.

Uning fikricha, “qo‘lqoplar  taqish — ortiqcha chora”. Shu bilan birga niqob taqish muhim ekanligi, buni hamma istisnosiz amalga oshirishi lozimligi, shuningdek, qo‘llarni antiseptik bilan zararsizlantirish kerakligi, shundagina epidemik vaziyatni to‘xtatish mumkinligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda ham turli yuqumli mavsumiy infeksiyalar tarqalishining oldini olish va yo‘lovchilar salomatligini asrash maqsadida 19-oktabrdan boshlab jamoat transporti (avtobus, metro, yo‘nalishli taksi) xizmatidan foydalanganda yo‘lovchilarning tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lish tartibi joriy etildi. Ular yo‘lovchilarga bepul taqdim etiladi. Tarqatiladigan tibbiy qo‘lqoplar transport korxonalari hisobidan, ya’ni davlat tomonidan qoplanadi.

JSST “Qo‘lqop taqish kerakmi?”, degan savolga “Yo‘q, sizni COVID-19’dan rezina qo‘lqopdan ko‘ra, qo‘llarni sovunlab yuvish yaxshiroq himoya qiladi” deb javob bergandi. Alohida ekspertlar ham ushbu fikrni ma’qullagan.

Mavzuga doir: Koronavirus epidemiyasi vaqtida bir martalik qo‘lqop taqish foyda beradimi?

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar