Daryo

Ilon Mask Marsda Yerdan mustaqil bo‘lgan shahar qurish rejasini ma’lum qildi

Maskning aytishicha, Marsda o‘z-o‘zini ta’minlaydigan shaharning qurilishi uning hayotligida yuz berish ehtimoli kam

1 daqiqa o‘qish31 256 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: :Independent

Amerikalik tadbirkor, SpaceX kompaniyasi rahbari Ilon Mask Mars sayyorasida Yerdan to‘liq mustaqil bo‘lgan shahar qurish rejasini ma’lum qildi. Milliarderning qayd etishicha, ayni paytda Marsda quriladigan uylarning bir nechta loyihasi ustida ish olib borilmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: Independent

Maskning fikricha, bunday shaharni Yerda falokat yuz berishidan oldin qurishga ulgurish kerak. Falokat sifatida Uchinchi jahon urushi, asteroidlar bilan to‘qnashuv yoki supervulqon otilishi nazarda tutilgan.

“Sivilizatsiya o‘ta kuchli ko‘rinmayapti, u hozir omonat turganga o‘xshaydi”, — deya ma’lum qilgan SpaceX rahbari. Maskning aytishicha, Marsda o‘z-o‘zini ta’minlaydigan shaharning qurilishi uning hayotligida yuz berish ehtimoli kam.

Ilon Maskning so‘zlariga ko‘ra, Starship kosmik kemasi to‘rt yildan keyin qizil sayyoraga ekipajsiz yo‘l olishi mumkin.

Mavzuga doir: SpaceX AQSh harbiylari uchun yukni Yerning istalgan nuqtasiga bir soatda yetkazishga qodir raketa yaratadi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar