Daryo

Olimlar Venerada yana bir hayot alomatlarini aniqladi

Sayyora atmosferasida oddiy glitsin aminokislotasi aniqlangan

1 daqiqa o‘qish32 728 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: NASA

Olimlar Venera atmosferasida hayot alomatlari borligini isbotlashga xizmat qiladigan oddiy glitsin aminokislotasini aniqladi. Bu haqda Midnapur kolleji va Hindiston kosmik fizika markazi olimlari tomonidan e’lon qilingan maqolada so‘z boradi.

Foto: NASA

“Uning aniqlanishi prebiotik molekulalarining Venera atmosferasida shakllanish mexanizmini tushunishga yordam berishi mumkin. Venera atmosferasining yuqori qatlamlari Yerda bundan milliardlab yillar oldin amalga oshirilgan biologik usuldan o‘tishi mumkin”, — deyiladi tadqiqotda.

Maqolada yozilishicha, aminokislotalar hayotning paydo bo‘lishiga olib keladigan asosiy birikma hisoblanadi. Glitsin esa hayvonlar oqsilida tez-tez uchrab turadi. U organizmlarda tabiiy usulda paydo bo‘ladi va boshqa biologik birikmalar va oqsillarning yaratilishiga muhim rol o‘ynaydi.

Shu bilan birga, olimlarning ta’kidlashicha, aniqlangan glitsin bu — sayyorada hayot mavjudligining aniq isboti emas va u Venerada Yerdagidan ko‘ra boshqacha usulda paydo bo‘lishi ham mumkin.

Eslatib o‘tamiz, sentabr o‘rtalarida Venera atmosferasida fosfinning (ayrim tirik organizmlar tomonidan ishlab chiqariladigan gaz) aniqlanishi gipotetik jihatdan Yerdan boshqa sayyoralarda hayot borligini qidirish uchun ketgan barcha davrlar ichida eng muhim hodisa deya e’tirof etilgandi.

Mavzuga doir: Venerada hayot alomatlari aniqlandimi? Yangi kashfiyotni batafsil tushuntiramiz

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar