Daryo

Rossiyada koronavirusni manekenlar bilan “qo‘rqitishga” qaror qilishdi

Rossiyada maxsus jihozlangan manekenlar paydo bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish60 912 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Telegram / “Moskva yangiliklari”

2020-yilning bahoridan buyon davom etib kelayotgan koronavirus pandemiyasi davrida virus tarqalishining oldini olishga xizmat qiladigan ko‘plab texnologik yechimlar paydo bo‘ldi. Ayrim ixtirolar kutilganidan ko‘ra, ancha g‘alati. Masalan, Rossiyada maxsus jihozlangan manekenlar paydo bo‘ldi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Telegram / “Moskva yangiliklari”

Manekenlarning boshi o‘rniga katta ekranli infraqizil termometr o‘rnatilgan bo‘lib, unda o‘zining tana haroratini o‘lchashga jazm etgan insonning harorati ko‘rsatiladi. Manekenlar xuddi salomlashayotgandek qo‘lini oldinga uzatgan holda o‘rnatilgan — qo‘lida dezinfeksiya uchun antiseptik dozator mavjud.

Foto: Telegram / “Moskva yangiliklari”
Foto: Telegram / “Moskva yangiliklari”

Noodatiy maneken qayerga o‘rnatilganiga aniqlik kiritilmagan. Sanitayzer qo‘ldagi markirovkaga ko‘ra, u Rostov davlat tibbiyot universitetida yaratilgan. Yangi qurilmalar mahalliy poliklinikalardan birida sinovdan o‘tkazilayotgan bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, aprel oxirlarida Volgograd tibbiyot ilmiy markazining abilitatsiya va reabilitatsiya laboratoriyasi olimlari COVID-19 infeksiyasidan himoyalanishga mo‘ljallangan “Venes-34” shlemini taqdim etgandi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar