Daryo

Fransiyada koronavirus sababli yangi cheklov choralari joriy qilindi

Shu paytga qadar Fransiyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 540 mingta holat qayd etilgan, taxminan 31 ming kishi kasallik qurboniga aylangan

1 daqiqa o‘qish39 508 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: EPA

Koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning yomonlashgani sababli Fransiya poytaxti Parij va mamlakatning yana 10 dan ortiq shahrida 28-sentabrdan boshlab yangi cheklov choralari amal qiladi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Foto: EPA

Xususan, bayram va ko‘ngilochar tadbirlar, jumladan, nikoh marosimlari, festivallar, talabalar kechalarini o‘tkazishga cheklovlar joriy qilindi.

Barlarning tungi soat 22:00 dan ertalab 06:00 gacha ishlashi taqiqlandi. Yopiq inshootlardagi sport zallari va sport markazlari yopildi.

Kinoteatrlar, muzeylar va teatrlar qat’iy xavfsizlik choralariga amal qilgan holda ishini davom ettirishi mumkin. Suv havzalari ham tashrif buyuruvchilar uchun ochiq qoladi.

Fransiya sog‘liqni saqlash vaziri Olivye Veran COVID-19 tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat yomonlashayotgani sababli mamlakat aholisini ijtimoiy munosabatlarni kamaytirishga chaqirgan. Shuningdek, vazir koronavirus tarqalish xavfi yuqori bo‘lgan hududlarda ish beruvchilarga ish rejimini masofaviy tashkil qilishni tavsiya etgan. Bunday hududlar qatoridan Bordo, Lill, Nitsa, Parij va Tuluza shaharlari o‘rin olgan.

Shu paytga qadar Fransiyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 540 mingta holat qayd etilgan, taxminan 31 ming kishi kasallik qurboniga aylangan.

Avvalroq Fransiyada koronavirus bilan kasallanish holatlari soni to‘rt baravar oshgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Dunyoda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 1 milliondan oshdi

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar