Yaponiyaning Tokio shahrida yashovchi rassom Takaxiro Shibata ramen sho‘rvasi solingan kosa shaklidagi niqobni yaratdi. Rassom shu tarzda terlab ketadigan ko‘zoynaklar mavzusini kulgi ostiga oldi.
“Men dastlab ko‘zoynakni terlatmaydigan niqob yaratmoqchi bo‘ldim, biroq menda yaxshi g‘oya yo‘q edi. Men terlaydigan ko‘zoynakka ko‘nika olamanmi, bunda biror ma’no topa olamanmi, deb o‘yladim va ushbu niqobni yaratdim”, — deydi Shibata.
Sho‘rvali kosa namat matosidan tayyorlangan bo‘lib, ichidagi lapsha, baliq, go‘sht bo‘lagi kabi “masalliqlar” loydan yasalgan. Terlaydigan ko‘zoynak shorvani qaynoq taomdek ko‘rsatadi. Rassom kelgusida boshqa yapon milliy taomlar ko‘rinishidagi niqoblarni yaratishni rejalashtirgan.
Izoh (0)