Daryo

Gruziya adliya vaziri Saakashviliga qamoqxonada eng yaxshi ovqat va’da qildi

Vazirning ta’kidlashicha, Gruziya penitensiar tizimida barcha mahkumlar kimligidan qat’i nazar bir sharoitdan foydalanadi

1 daqiqa o‘qish36 400 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili gruzin qamoqxonasida mamlakatning boshqa mahbuslari kabi eng yaxshi oziq-ovqat bilan ta’minlanadi. Bu haqda Gruziya adliya vaziri Tea Sulukianiga tayanib, “Rustavi 2” xabar berdi.

Foto: Getty Images

“Bugungi gruzin qamoqxonasi eng yuqori xalqaro standartlar asosida boshqarilmoqda. Unda eng yaxshi ovqatlar bo‘ladi. Noyabrda hatto muzlatilgan go‘shtdan foydalanish ham taqiqlangan va mahbuslarni barra go‘sht hamda mavsumiy mevalar bilan “boqayapmiz”, bir necha turdagi menyu ishlab chiqqanmiz”, — deydi vazir.

Adliya vazirining ta’kidlashicha, Gruziya penitensiar tizimida barcha mahkumlar kimligidan qat’iy nazar bir sharoitdan foydalanadi. “Rost aytyapman, biz uchun barcha mahbuslar bir xil”, — deydi Sulukiani.

Adliya vazirligi rahbarining ma’lum qilishicha, Saakashvili ozodlikda yoki qamoqda bo‘lishidan qat’i nazar vahima uyg‘ota olmaydi, chunki mamlakatda amaldagi siyosiy hukumat yetarli darajada kuchli.

Avvalroq Mixail Saakashvili Gruziyadagi parlament saylovida muxolifat g‘alaba qozonsa, mamlakat bosh vaziri bo‘lishga tayyorligini bildirgandi.

Mavzuga doir: Ukraina hukumati Saakashvili nomzodini islohotlar bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosarligiga tasdiqlamadi

Eslatib o‘tamiz, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 2020-yilning 7-may kuni Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilini prezident qoshidagi Islohotlar milliy kengashi tarkibiga kiruvchi Islohotlar ijroiya qo‘mitasi rahbari etib tayinlagandi.

Mixail Saakashvili 2015—2016-yillarda Ukrainaning Odessa viloyati ma’muriyatini boshqargan. 2017-yilda o‘sha vaqtdagi Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan nizo tufayli Saakashvili mamlakat fuqaroligidan mahrum qilingandi. 2019-yilda Vladimir Zelenskiy Ukraina prezidentligi uchun saylovlarda g‘alaba qozongach, Saakashviliga mamlakat fuqaroligi qaytarib berildi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar