• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Moliya vazirligi Buxorodagi kislorod konsentratorlarining sotib olinishining qonuniyligiga izoh berdi

    Kurbanoff.net Telegram-kanali 23-iyulda kislorod konsentratorining narxlari to‘g‘risida ma’lumot e’lon qildi. Unga ko‘ra, davlat xaridlari bo‘yicha elektron do‘kon eshop.uzex.uz veb-saytida kislorod konsentratorining narxi 11 va 30 million so‘mni, olx.uz veb-saytida esa 7,7 million so‘mni tashkil etgan. Muallif, birozdan so‘ng, olx.uz veb-saytida yuqorida ko‘rsatilgan narxda kislorod konsentratori ayni paytda mavjud emasligi va davlat xaridlari bo‘yicha ko‘rsatilgan narxlar tuzilgan bitimlarning narxlari emasligini ko‘rsatib o‘tgan.

    Chap tomonda Buxoroda 12 million so‘m (1176 dollar)dan sotib olingan kislorod konsentratori. O‘ng tomonda AliExpress’da 220-320 dollardan sotilayotgan kislorod konsentratori.

    Chap tomonda Buxoroda 12 million so‘m (1176 dollar)dan sotib olingan kislorod konsentratori. O‘ng tomonda AliExpress’da 220-320 dollardan sotilayotgan kislorod konsentratori.
    Kollaj: “Daryo”

    Moliya vazirligi davlat buyurtmachilari tomonidan kislorod konsentratori xaridi jarayoniga izoh berdi.

    “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun talabiga ko‘ra, elektron do‘kon orqali bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ellik baravaridan (budjet buyurtmachilari uchun bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan) oshmaydigan tovarlar, bir davlat buyurtmachisi uchun bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan oshmaydigan miqdordagi ishlar, xizmatlar xarid qilinishi mumkin.

    Elektron do‘konda tovarlar (ishlar, xizmatlar) tadbirkorlik subyektlari tomonidan joylashtirib boriladi va yuqorida qayd etilgan summalardan ortiq qiymatdagi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) joylashtirilishiga dastur tomonidan cheklovlar o‘rnatilgan.

    Bugungi kunda budjet buyurtmachilari 5,6 million so‘mgacha, korporativ buyurtmachilar esa 55,8 million so‘mgacha bo‘lgan qiymatdagi tovarlarni, shuningdek, 5,6 million so‘mgacha bo‘lgan ishlar va xizmatlarni elektron do‘kon orqali xarid qilishi mumkin”, – deyiladi Moliya vazirligi izohida.

    Qayd etilishicha, qonun hujjatlariga ko‘ra, maxsus axborot portali avtomatik rejimda, narxlar so‘rovi mexanizmini amalga oshirgan holda ofertani taklif etgan ishtirokchiga hamda elektron do‘konda o‘xshash tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) taklif etayotgan barcha ishtirokchilarga xarid qilish tartib-taomilida ishtirok etish to‘g‘risida takliflar yuborilishini ta’minlashga majbur. Ishtirokchilar tomonidan berilgan narx bo‘yicha takliflarni taqqoslash portal tomonidan avtomatik rejimda amalga oshiriladi.

    “Portal shartnomani buyurtmachi tomonidan tanlangan ishtirokchining ofertasida bayon etilgan shartlarga muvofiq hamda ishtirokchilar tomonidan taklif etilgan eng past narxda shakllantiradi. Shu nuqtayi nazardan, elektron do‘konda ishtirokchilar tovarlarni narxini oshirib kiritgan taqdirda ham savdo g‘olibi portal tomonidan narx so‘rovi mexanizmini amalga oshirgan holda avtomatik tarzda aniqlanishini inobatga olsak, shu turdagi tovar bo‘yicha eng maqbul (real) narx taklif qilgan ishtirokchi g‘olib deb topiladi. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, narxlarni sun’iy tarzda oshirib ko‘rsatgan ishtirokchi g‘olib bo‘la olmaydi.

    Misol uchun, pandemiya davrida elektron do‘kon orqali budjet buyurtmachisi tomonidan boshlang‘ich narxi 5,3 million so‘mlik kislorod konsentratori tanlangan, elektron savdo natijasida 5,0 million so‘mga (lot raqami 8551108) shartnoma tuzilgan.

    Shuningdek, o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida kislorod konsentratori 3,4 million so‘mdan 23,0 million so‘mgacha (QQS bilan) ekanligi, ularni modellari (qo‘shimcha funksiyalari mavjudligi) va ishlab chiqilgan mamlakatiga qarab narxlari har xilligi aniqlandi”, – deya qo‘shimcha qilgan izohda Moliya vazirligining axborot xizmati.

    Shu bilan birga vazirlik davlat buyurtmachilari xarid qilish tartib-taomillari turlarini tanlashda, xaridlarning boshlang‘ich narxlarini belgilashda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonuni bilan belgilangan asosiy prinsiplarga qat’iy rioya etishlari hamda tovarni (ishni, xizmatni) sifati va narxi o‘rtasidagi maqbul nisbatni ta’minlash orqali xaridni amalga oshirishlari lozimligini eslatgan.

    Prezidentning tegishli qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxatning 13-bandiga asosan epidemiyaga qarshi (shu jumladan veterinariyaga oid) preparatlar, qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashish uchun kimyoviy vositalar, shuningdek, favqulodda holatlarda vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanadigan tabiat hodisalari, epidemiyalar, kasalliklar tarqalishining oldini olish yoki uning oqibatlarini bartaraf etish uchun boshqa zarur tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida amalga oshirilishi mumkin.

    “Mazkur qarorga asosan Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan kislorod konsentratori 10,1 million so‘mga 2020-yil 22-iyuldagi to‘g‘ridan to‘g‘ri tuzilgan shartnoma asosida xarid qilingan”, – deyiladi Moliya vazirligi bergan ma’lumotda.

    “Maxsus axborot portalida (Xarid.uz) davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan va amalga oshirilayotgan davlat xaridlari to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar, shu jumladan, to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar jamoatchilik uchun ochiqligi ta’minlangan. Davlat buyurtmachilari xaridlarni nafaqat elektron do‘kon xarid turi orqali, balki elektron auksion, tanlov (elektron tanlov), tender (elektron tender) va yagona yetkazib beruvchilardan davlat xaridlari turlari orqali amalga oshiradi”, – deyiladi axborotda.

    Moliya vazirligi tomonidan davlat xaridlari sohasiga oid bir qator normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish orqali davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan choralar ko‘rilmoqda. Misol tariqasida, tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) xarid qilishning alohida tartibi belgilanadigan, strategik ahamiyatga ega xo‘jalik jamiyatlari va korxonalarning davlat xaridlari bo‘yicha e’lonlari maxsus axborot portaliga joylashtirishi shartligi, shuningdek, ustav fondida (kapitalida) strategik xaridorlarning ulushi mavjud bo‘lgan tashkilotlarga Qonun talablari tatbiq etilishi belgilangan.

    Shu bilan birga, “Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish orqali tanlov va tenderlarni elektron shaklda o‘tkazish tartibi ishlab chiqilgan.

    Bunda davlat xaridlari tizimini yanada rivojlantirish va xarid jarayonlarida inson omilini maksimal darajada qisqartirish orqali korrupsiya alomatlarini oldini olish maqsadida 2020-yilning may oyidan boshlab maxsus axborot portali operatorlarining etender.uzex.uz va tender.mf.uz platformalari orqali tanlov va tender savdolari elektron shaklda amalga oshirish imkoniyatlari amaliyotga joriy etilgan.

    O‘zbekistonda davlat xaridlari tizimi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solingan. Ushbu Qonunda xarid qilish tartib-taomillarining turlari, mezonlari va asosiy prinsiplari belgilangan. Moliyaviy mablag‘lardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi va samaradorligi, ochiqlik va shaffoflik, tortishuv va xolislik, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik davlat xaridlarining asosiy prinsiplari jumlasidandir.

    “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning 23-moddasida xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish turlari belgilangan bo‘lib, bugungi kunda barcha raqobatli xaridlar elektron tarzda (inson omili aralashuvisiz) amalga oshirish mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan.

    Avvalroq Buxoro viloyatida koronavirus bilan og‘rigan bemorlarga yordam berish maqsadida Dynmed kompaniyasining har biri 12 million so‘m turuvchi 50 dona tibbiyot kontsentratorini sotib olgani haqida xabar berilgandi. Telegram’da “Bakiroo” kanali yurituvchisi Otabek Bakirov Dynmed kompaniyasining kislorod konsentratorlari Alibaba’da 320 dollardan taklif etilayotganini, agar 100 tadan ortiq olinsa, 220 dollardan sotilayotganini yozib qoldirdi. Shuningdek, “Troll.uz” kanalida ham 50 dona konsentrator orasidagi farq 436 million so‘m ekani tanqid qilingan.

    Buxoro hokimi o‘rinbosari Mirali Hamroyev davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan olib borilayotgan ishlarga asossiz xulosa berilayotganini qoralashini bildirib, bloger aytayotgan narxda kislorod konsentratori bor bo‘lsa, xarid qilishga tayyorligini aytgan.

    “Gazeta.uz” ushbu tibbiyot uskunasining asl narxi qancha ekani va uni yetkazib beruvchi tadbirkorlik subyekti haqidagi ma’lumotlarni taqdim etdi. Keyinchalik O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasi mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida qo‘shimcha ma’lumotlarni e’lon qildi.

    25-iyulda Buxoro hokimligi kislorod konsentratorlari Medtexno trade xususiy korxonasidan xarid qilingani oydinlashdi. Buxoro viloyatidagi mutasaddilar D02-8-AM rusumli konsentratorlari bemorni bir daqiqada 8 litrgacha namlangan kislorod bilan ta’minlasa, internet saytlarida e’lon qilingan apparatlar shu vaqtda 5 litrgacha namlangan kislorod bilan ta’minlash quvvatiga egaligni ta’kidlagan.

    28.07.2020, 07:03   Izoh (0)   22065
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Habibulla Oqilov boshqa soha shifokorlarini zudlik bilan qayta tayyorlash va COVID-19’ga qarshi kurashishga jalb qilish rejasi haqida gapirdi

    28.07.2020, 06:35

    Respublika maxsus shtabi a’zosi 5 oy oldin O‘zbekistonda COVID-19’ga qarshi kurashda qilingan xatolarni tahlil qildi

    28.07.2020, 06:00

    Toshkentda koronavirusga gumon qilinganlar va kasallanganlarga yordam ko‘rsatadigan 10 ta maxsus klinika tashkil qilindi

    28.07.2020, 01:32

    O‘zbekistonda 27-iyul kuni 678 kishida koronavirus aniqlandi. Bu yangi antirekord

    28.07.2020, 00:27

    Mudofaa vazirligi gospitaliga yotqizilgan 762 bemorning 660 dan ortig‘i harbiylar ekani ma’lum bo‘ldi

    28.07.2020, 00:16

    O‘zbekistonda bir kunda 569 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan tuzaldi va kunlik rekord yangilandi

    28.07.2020, 00:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailand besh kunlik mojaroda qo‘lga tushgan ikki nafar Kambodja askarini yurtiga qaytardi

    Dunyo | 3 avgust, 14:51

    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

    Reklama | 3 avgust, 10:30

    “O‘zgidromet” hafta boshida qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 14:40

    Ozarbayjon gazi Turkiya orqali Suriyaga yetkazib beriladi

    Dunyo | 3 avgust, 14:15

    “An-Nassr” Ronalduning tavsiyasi bilan Fernandeshni sotib olmoqchi

    Sport | 3 avgust, 13:55

    O‘zbekistonda ayrim bog‘cha bolalari uchun har oy 618 ming so‘mdan beriladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 13:29

    BAA Misrdan yarim milliondan ortiq g‘azolikni ta’minlash uchun yetadigan suv quvuri tortib keladi

    Dunyo | 3 avgust, 12:55

    UNICEF: G‘azoda har uchinchi odam kunlarni ochlik bilan o‘tkazadi, bolalar esa halok bo‘lish xavfi ostida

    Dunyo | 3 avgust, 12:09

    Bolalar yerto‘lada yashirilgan: Toshkentda noqonuniy diniy ta’lim berilgan xonadonlar aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 11:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.