Shunchaki istak yoki faqat vitamin iste’mol qilishning o‘zi bilan immunitet ko‘tarilib qolmaydi. Immun tizimining mustahkam bo‘lishi uchun iste’mol qilinadigan mahsulotlarga e’tibor bergan holda quyidagi tavsiyalarga ham amal qilish tavsiya qilinadi.

Sog‘lom uyqu
Tiniqib uxlashning immunitet va inson kayfiyatiga ham ta’siri bor. Sutkalik norma 7 soatlik uyqu hisoblanadi va 6 soatdan kam uxlagan va uyquga to‘ymagan insonda turli virus xususan koronavirus yuqtirib olish ehtimoli 4 karra ko‘p bo‘lishi tadqiqotlar natijasiga ko‘ra aniqlangan. Sog‘lom uyqu davomida organizmda qayta tiklanish jarayoni yuz beradi va shu sabab ham quyidagilarga amal qilish tavsiya qilinadi:- Bir vaqtda yotib, bir vaqtda turish;
- Toza havoda ko‘proq vaqt o‘tkazish;
- Magniyga boy — ismaloq, dukkakli mahsulotlar va yong‘oq iste’mol qilish;
- Uxlashdan bir soat oldin telefonlarni o‘chirib qo‘yish.
- Kuniga kamida uch marta yoqimli onlarni his qilish;
- Negativ xayolga berilmaslik uchun nima qilish mumkinligiga diqqatni qaratish;
- Odamlardan iloji boricha sir saqlamaslik (sir saqlash ham ruhan charchatadi odamni);
- Hozir bilan yashash va o‘xshamagan narsalar haqida qayg‘urmaslik.
- Ish samaradorligi oshishida yordam beradigan 6 tavsiya
- Muvaffaqiyatli karyera uchun muhim tavsiyalar
- Shaxsiy hayot, ish va jamiyatda muvaffaqiyatga erishish uchun muhim bo‘lgan 5 tavsiya
- Uyda o‘zingizni sport bilan shug‘ullanishga majburlash uchun 7 ta sabab
- Shaxsiy hayot, ish va jamiyatda muvaffaqiyatga erishish uchun muhim bo‘lgan 5 tavsiya
- Munosabatlar uzoqqa bormasligining 5 sababi








