Daryo

Avstraliyalik ayol plyajda noma’lum dengiz mavjudotini topib oldi

Ayol mavjudotni shaklsiz jigarrang kesakka o‘xshatdi

1 daqiqa o‘qish99 144 ko‘rishlar0 izoh0

Avstraliyalik ayol plyajda sirli dengiz mavjudotini topib oldi, uning qanday jonivor ekanligi hozircha aniqlanmadi, deb yozadi 7news.

Foto: Facebook

Ayol mavjudotni shaklsiz jigarrang kesakka o‘xshatdi. U mavjudotning rasmini ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilib, foydalanuvchilardan uning nima ekanligini aniqlashda yordam so‘radi.

Ayolning o‘zi uni baliq-tosh deb taxmin qildi, biroq ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari ushbu taxminni inkor qildi.

Ayrim foydalanuvchilar mavjudotning ambra ekanligini taxmin qildi, biroq bu variant ham tasdiqlanmadi.

Boshqa foydalanuvchilar esa uning akula yoki kitning bir qismi ekanligini ta’kidladi.

Kvislend biologiya fanlari maktabi professori Sendi Degnan esa avstraliyalik ayolning qobiqli baliqni topib olganini aytdi. Ushbu mavjudot yuzlab alohida qismlardan iborat assidiyalardan iborat bo‘ladi.

Mavzuga doir: Kiprdagi suv ombori qirg‘og‘ida alligatorga o‘xshash g‘ayrioddiy mavjudot paydo bo‘ldi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar