Daryo

Foto: Ayollar obrazidagi erkaklar g‘ashiga tegadigan jihatlar

Keragidan ortiq uzunlikdagi tirnoqlar nafaqat erkaklar, balki boshqalarga ham yoqmasligi aniq

1 daqiqa o‘qish143 890 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Pixabay

Ortiqcha makiyaj, tatuaj qilingan qosh va yana nimalar erkaklarning g‘ashiga tegadi? Quyida ushbu savolga javob beramiz.

Uzun tirnoqlar

Foto: Pixabay

Keragidan ortiq uzunlikdagi tirnoqlar nafaqat erkaklar, balki boshqalarga ham yoqmasligi aniq. Qolaversa, gigiyenik jihatdan ham tirnoqlarni bunday o‘stirish to‘g‘ri kelmaydi.

Oshirib yuborilgan makiyaj

Foto: Cosmopolitan
“Chaplanib olish” kishining asl yuzini berkitayotgandek, niqob taqib olgandek taassurot beradi. Erkaklarga tabiiylik, me’yorida qilingan makiyaj yoqadi.

Ochiq-sochiq libos

Foto: Pixabay
Birinchi uchrashuvda ayol yoki qizni ochiq libosda ko‘rish yaxshi taassurot qoldirmasligi aniq. Libos egasi fe’l-atvori mukammal bo‘lmasin, u bilan gaplashib ko‘rilmaguncha tashqi ko‘rinishidan xulosa chiqarilishini yoddan chiqarmaslik kerak.

Tatuaj qilingan qoshlar

Foto: Pixabay

Har 10 erkakdan 9 nafari tatuaj qilingan qoshlarni jini suymasligi aniq. Bunday qoshlar ayol kishining e’tiborga o‘chligi, didsizligidan dalolat beradi.

Juda ko‘p taqinchoqlar taqish

Foto: Pixabay

Taqinchoqni taqish kerak, ammo me’yorida, did bilan. Yasatilgan archa bo‘lib olish yaxshi taassurot qoldirmaydi.

Ayollik jozibasiga keragidan ortiq urg‘u berish

Foto: Pixabay
Osilib turadigan zirak, bantik va burmali libosni bir vaqtning o‘zida kiyish didsizlikdan boshqa narsa emas.

Ofis uslubida kiyinish

Foto: Pixabay
Bunday uslubda faqatgina ish yoki o‘qishga kiyinish kerak. Uchrashuv yoki tadbirga oq ko‘ylak va qora yubkada borish tavsiya qilinmaydi. Jiddiy ko‘rinish uchun dress-kod kiyish shart emas, minimal uslubdagi qora oddiy ko‘ylak ustidan klassik jaket kiyib ham ko‘zlangan maqsadga yetish mumkin.

Mavzuga doir: Ulama soch, shishirilgan lab va chizilgan makiyaj. Ayollar tashqi ko‘rinishidagi erkaklarga yoqmaydigan jihatlar

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar