Daryo

Eldor Shomurodov Yevropaga ko‘chib o‘tishi mumkin. Unga Belgiya klubidan taklif tushdi

“Rostov” Shomurodov transferi borasida taklif oldi

1 daqiqa o‘qish45 988 ko‘rishlar0 izoh0

Belgiyaning “Gent” klubi “Rostov” hujumchisi Eldor Shomurodov xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Foto: Twitter/@rostovfc

Sport24’ning xabar qilishicha, “Gent” 8-iyul tongida 25 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi transferi borasida “Rostov”ga so‘rov yuborgan.

Shomurodov 2017-yilning yozida “Bunyodkor”dan 300 ming yevro evaziga “Rostov” safiga o‘tgandi. Joriy mavsum futbolchi rostovliklar safida 26 o‘yin o‘tkazib, 11 gol va sakkizta golli uzatma muallifiga aylandi.

Eldorning “Rostov” bilan amaldagi shartnomasi 2024-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlari bo‘yicha, futbolchining narxi 5,2 million yevroga teng.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.