Daryo

Stomatologlar koronavirus bemor og‘iz bo‘shlig‘iga zarar yetkazishini ma’lum qildi

Mutaxassislar koronavirus infeksiyasiga chalinganlarning og‘iz bo‘shlig‘ida kuzatiladigan belgilarni sanab o‘tgan

1 daqiqa o‘qish72 270 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “RIA Novosti”

Braziliya universiteti Salomatlik fakulteti og‘iz gistopatologiyasi laboratoriyasi olimlari koronavirusga chalingan bemorlarda kuzatiladigan nostandart belgilarni izohlab berdi, deb xabar qiladi “Izvestiya”.

Foto: “RIA Novosti”

Mutaxassislar koronavirus infeksiyasiga chalinganlarning og‘iz bo‘shlig‘ida kuzatiladigan belgilarni sanab o‘tgan: qizil donachalar ko‘rinishida qon ketishi, kandidoz, travmatik yaralar va til hamda og‘iz bo‘shlig‘ining zararlanishi kabi boshqa belgilar.

Shuningdek, bemorlarning aksariyati ta’m bilish qobiliyati qaytmaganini ma’lum qilgan.

Tibbiyot xodimlarining fikricha, COVID-19’ga bog‘liq bo‘lmagan ayrim belgilar immunitetning pasayishi hamda dori vositalarining qabul qilinishi, xususan, antibiotiklar sabab paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

“Shu sababli koronavirusga chalingan bemorni tekshiruvchi shifokorlar ro‘yxatiga stomotolog ko‘rigini ham qo‘shib qo‘yish tavsiya etiladi”, — deyiladi xabarda.

Aprel oyining o‘rtalarida dunyoning 38 davlatidan bo‘lgan 500 dan ortiq olimlar koronavirus sabab bemorlar ta’m va hid bilish hissini yo‘qotayotgani ustida tadqiqot olib borayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Iyun oyi boshlarida esa AQShdagi tadqiqot markazida koronavirus bilan kasallangan bemorlarda hid bilish qobiliyatining nima sababdan yo‘qolayotgani aniqlangan edi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar