Daryo

Hindistonda kuyov o‘z to‘yida mehmonlarga koronavirus yuqtirdi va vafot etdi

To‘yda 350 dan ortiq mehmon ishtirok etgan

1 daqiqa o‘qish70 818 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Daily Mail

Hindistonning Paliganj shahri Patna okrugida yashovchi erkak o‘z to‘yida deyarli hamma mehmonga koronavirus yuqtirdi. To‘ydan ikki kun o‘tganidan keyin esa vafot etdi, deb yozadi The Indian Express.

Foto: Daily Mail

Mamlakat hukumati ushbu to‘yni Bixar shtatidagi eng yirik infeksiya o‘chog‘i deb hisoblamoqda.

30 yoshli kuyov to‘ygacha o‘zini yaxshi his qilgan, biroq to‘y boshlanishidan avval issig‘i chiqqan.

U o‘zini yomon his qilgani uchun to‘yni bekor qilmoqchi bo‘lgan, biroq o‘zining va kelinning qarindoshlari bunga qarshilik bildirgan.

Odamlar ushbu hududda koronavirus paydo bo‘lishiga ishonmasdi. Kuyov esa boshqa shaharda ishlardi.

To‘y belgilangan sanada o‘tkazilgan. Unda 350 dan ortiq mehmon ishtirok etgan.

Ikki kun o‘tgach, yangi uylangan kuyovning ahvoli og‘irlashgan. Qarindoshlari uni shifoxonaga olib borgan, biroq u yo‘lda vafot etgan.

Hindistonlik krematsiya qilingan. Undan koronavirusga namuna olinmagan.

Ushbu holat haqida xabar topgan shtat ma’muriyati to‘yda ishtirok etgan mehmonlardan ham test olgan. Taxminan 100 kishida koronavirus aniqlangan.

Mavzuga doir: Meksikada koronavirus simptomlari kuzatilmagan ayol COVID-19 bilan kasallangan egizaklarni dunyoga keltirdi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar