Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Mavjud vaziyatda qanchalik jazirama bo‘lmasin niqobsiz yurish yaramaydi, lekin harorat issiqligida nafas olish qiyinligini inobatga olib ayrim tavsiyalarga amal qilish kerak.

Foto: Departures

Foto: Departures

Havo o‘tkazadigan matodan tikilgan niqob tanlang

Qalin matodan tikilgan niqobda nafas olish, ayniqsa, jazirama kunlarda qiyinchilik keltirib chiqaradi. Buning oqibatida virusdan saqlanaman deb nafas yo‘llari kasalligini orttirib olishingiz mumkin. Shu bois ham niqob tanlaganda nafas olish qulay yoki yo‘qligini tekshirib ko‘rishni yodingizdan chiqarmang. Lekin haddan ortiq yupqa, sifatsiz niqobni ham tanlay ko‘rmang.

Tartibga rioya qiling

Uzoq vaqt davomida niqobdan foydalanish oqibatida yuzda toshma va husnbuzarlar paydo bo‘lishi mumkin. Shu sababdan ham niqobni paxtali matodan tikilganini tanlash kerak. Ko‘p martaligidan foydalansangiz, har ishlatgandan keyin yuvib dazmollab turish, bir martalikdan esa qayta foydalanmaslik tavsiya qilinadi.

Yoningizda bir nechta niqob bo‘lsin

Gavjum joyga uzoqroq vaqtga borishingizga to‘g‘ri kelib qolsa, o‘zingiz bilan bir qancha niqob olib yuring va hech kim yo‘q joyda avval qo‘llaringizni yuvib, antiseptik bilan zararsizlantirib, keyin niqobni almashtiring. Chunki ichki tomondan tupuk sachrashi va issiqda teri ajralishidan keyin niqob yaxshi himoya qila olmaydi, hatto foydasi bo‘lmay qoladi. Shu sabab niqobning namlanganini sezishingiz bilan almashtiring.

Haddan ortiq issiqdan qoching

Quyoshli ochiq yerlarda yurmaslikka, ko‘proq suyuqlik ichishga harakat qiling. Astma, kloustrafobiya bilan kasallangan insonlar niqob taqqanda qiynalishi mumkinligi sabab boshqa zarur choralarni ko‘rib qo‘yish kerak bo‘ladi.

Zarur bo‘lmasa, uyda qoling

Niqob taqqanda havo yetishmasdan o‘zingizni yomon his qilsangiz, juda zarur bo‘lmasa ko‘chaga chiqmang, uyda qoling. Iloji bo‘lsa muhim uchrashuvlarni tong yoki kechki paytga belgilang.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov