Daryo

La Liga. “Real” autsayderni bazo‘r mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi

“Real Madrid” La Liga 32-turida “Espanyol” maydoniga safar qildi

1 daqiqa o‘qish54 302 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: FA

Futbol bo‘yicha Ispaniya Primerasining 32-turida “Real Madrid” 28-iyun, yakshanba kuni “Espanyol” maydoniga safar qildi.

Foto: Twitter

Uchrashuvning dastlabki bo‘limi o‘rtacha tempda o‘tdi. Taym davomida kichik ustunlikka ega bo‘lgan madridliklar tanaffus arafasida gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Karim Benzemaning uzatmasidan so‘ng Kazemiro bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘lim ham vaziyatlarga boy bo‘lmadi va darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Real” ochkolarini 71 taga yetkazib olgan holda musobaqaning yakka peshqadamiga aylandi. Zinedin Zidan shogirdlari “Barselona”dan ikki ochkoga o‘zib ketdi.

“Levante” oltita gol urilgan bahsda “Betis”dan ustun kelgan bo‘lsa, “Vilyarreal” Pako Alkaser va Xerar Morenoning gollari evaziga “Valensiya”ni taslim etdi.

La Liga

32-tur bahsi

28-iyun, yakshanba

“Espanyol” — “Real Madrid” 0:1

Gol: 0:1 – 45 Kazemiro.

“Espanyol”: Diyego Lopes, Kabrera, Viktor Gomes, Espinosa, David Lopes (Losano, 84), Embarba (Kalyeri, 69), Darder (Melamed, 69), Vu Ley (Melendo, 57), Roka, Didak Vila (Pedrosa, 46), de Tomas.

“Real Madrid”: Kurtua, Karvaxal, Varan, Marselo, Ramos, Kazemiro, Kroos, Isko (Rodrigo, 64), Valverde, Azar (Vinisius Junior, 63), Benzema.

Ogohlantirishlar: Pedrosa (68), Vinisius Junior (87).

“Levante” — “Betis” 4:2

Gollar: 1:0 – 21 Mayoral, 2:0 – 35 Bardi, 3:0 – 50 Morales, 4:0 – 59 Rochina, 4:1 – 70 Kanales, 4:2 – 87 Xuanmi.

“Vilyarreal” — “Valensiya” 2:0

Gollar: 1:0 – 14 Pako Alkaser, 2:0 – 44 Xerar Moreno.

“Granada” — “Eybar” 1:2

Gollar: 0:1 – 16 De Blasis, 1:1 – 48 Soldado, 1:2 – 69 Kike Garsiya.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar