Daryo

Olimlar koronavirus epidemiya boshlanishidan bir yil avval Yevropada paydo bo‘lganini aniqladi

Epidemiya e’lon qilingunga qadar koronavirus bilan kasallanganlarga gripp tashxisi qo‘yilgan, chunki ularning simptomlari juda o‘xshash

1 daqiqa o‘qish78 216 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Barselona universiteti tadqiqotchilari 2019-yil mart oyidagi shahar ko‘lmaklarida SARS-CoV-2 koronavirusini topdi. “Kommersant”ning xabar berishicha, bu haqda universitet bayonotida ma’lum qilindi.

Foto: Reuters

“Ushbu natijalar infeksiya dunyoda birinchi marta COVID-19 kasalligi aniqlanganidan ancha oldinroq bo‘lganini ko‘rsatadi”, — deyiladi universitet hisobotida. Barselonalik olimlar turli davrlardagi suvlarni o‘rganib chiqqan.

Biologiya fakulteti professori Albert Boskning ta’kidlashicha, bunda SARS-CoV-2 genomlari konsentratsiyasi aholi orasida COVID-19 kasalligi sonining o‘zgarishiga aniq mos kelgan.

O‘rganilgan namunalar orasida 2018-yil yanvardan 2019-yilning dekabrigacha bo‘lgan bir nechta namunalar ham bo‘lgan, lekin ularning barchasida natija salbiy bo‘lgan. 2019-yilning mart oyidagi namunada esa SARS-CoV-2 genomlari juda oz bo‘lgan, ammo PZR (polimeraza zanjiri reaksiyasi) testidan so‘ng aniq natija bergan.

“Barselonaga sayyohlik yoki ishlash uchun ko‘p odamlar keladi va katta ehtimol bilan dunyoning boshqa hududlarida ham xuddi shunday vaziyat bo‘lgan bo‘lishi mumkin”, — deydi Bosk. Uning fikricha, epidemiya e’lon qilingunga qadar koronavirus bilan kasallanganlarga gripp tashxisi qo‘yilgan, chunki ularning simptomlari juda o‘xshash.

Avvalroq koronavirusdan nima uchun ko‘proq yevropaliklar aziyat chekayotgani haqida xabar berilgan edi. Mavzuga doir: 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar