Samsung kompaniyasi Galaxy S20+ 5G  flagmani hamda Galaxy Buds+ simsiz naushnigining o‘ziga xos versiyasini taqdim etdi. Ular taniqli BTS k-pop guruhi uslubida yaratilgan.

Foto: Samsung

“Mazkur yangilik muxlislarga o‘zining sevimli guruhi bilan yanada yaqin aloqada bo‘lish imkoniyatini taqdim etadi”, — deyiladi xabarda.

Gadjetlar korpusining rangi bilan standart versiyalardan farq qiladi: smartfonning orqa tomoni, naushniklar uchun tashqi keys va Galaxy Buds+ sensor maydonchasi binafsha rangga bo‘yalgan. Shuningdek, qurilma korpuslariga BTS logotiplari chizilgan. Yetkazib berish jamlanmasi ham farq qiladi — Galaxy Buds+ qutisiga guruhning rasmi tushirilgan. Galaxy S20+ 5G BTS Edition dasturiy ta’minot mavzusi ham BTS’ning o‘ziga xos uslubida yaratilgan.

Foto: Samsung

AQSh aholisi Galaxy S20+ 5G BTS Edition va Galaxy Buds+ BTS Edition modellarini 19-iyundan 8-iyulga qadar Samsung’ning rasmiy sayti orqali buyurtma qilishlari mumkin. Smartfonni xarid qilganlarga naushniklar 50 foiz chegirma bilan taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Samsung kompaniyasi Galaxy S20, S20+ va S20 Ultra modellarini 2020-yilning fevralida ommaga taqdim etgandi.