Twitter’dagi Xleaks7 nikli insayder CAD-chizmalari asosida yaratilgan yangi Galaxy Note20’ning suratlari bilan bo‘lishdi. Qurilma konstruksiyasi jihatidan oddiy Galaxy S20’ga o‘xshaydi.

Galaxy Note20 ham kameralari burchakda joylashgan dizaynga ega bo‘ladi — faqat bo‘rtib chiqadigan model biroz massivlashgan. Bazaviy flagman frontal kamera teshigiga ega yupqa displey bilan jihozlanadi, yon tomonlarga egilgan ekran esa Note20+ versiyasida, xuddi 2019-yilgi lineykadagi kabi bo‘ladi.

Galaxy Note20’ning eski modellardan yagona farqi — S Pen stilusi chap tarafda joylashganida.

Mavzuga doir: Samsung harbiylar uchun Galaxy S20 Tactical Edition smartfonini taqdim etdi








