Daryo

Amerikalik 6 yoshli bola qo‘shnisining 8 yil avval yo‘qolgan seyfini topib berdi

6 yoshli Noks YouTube’da kuchli neodimli magnit bilan baliq ovlash jarayonini tomosha qilib, bu jarayonga qiziqib qoldi

1 daqiqa o‘qish66 742 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Washington Post

AQShning Janubiy Karolina shtatida yashovchi Noks Bryuer baliq ovlayotganida qo‘shnisining yo‘qolganiga ancha bo‘lgan seyfini topib berdi, deb yozadi Washington Post.

Foto: Washington Post

Qayd etilishicha, endilikda bolakay tergov olib borish uchun politsiyachi bo‘lmoqchi.

6 yoshli Noks YouTube’da qarmoq o‘rnida ishlatiladigan kuchli neodimli magnit bilan baliq ovlash jarayonini tomosha qilib, bu jarayonga qiziqib qoldi. Ota-ona bolaning qiziqishini qo‘llab-quvvatladi.

“Biz sevimli mashg‘uloti unga karantinni oson o‘tkazishga ko‘maklashadi, deb o‘yladik”, — deydi Noksning onasi.

Bolakay onalar kunida baliq ovlashning yangicha usulini qo‘llab ko‘rishga qaror qildi va ko‘lga yo‘l oldi. Noks baliq ovlashga shaylanishi bilan magnit qandaydir predmetni tutib oldi. O‘tkinchi erkak bolaga uni suvdan olib chiqishga ko‘maklashdi.

Foto: Washington Post

Noks tutgan o‘lja metall seyf bo‘lib chiqdi. Bola va uning ota-onasi seyfni darhol politsiyaga topshirdi.

Seyfda chek daftarchasi, hujjatlar va qimmatbaho zargarlik buyumlari bor edi. Huquq-tartibot organlari xodimlari bularning barchasi Noksning qo‘shnisiga tegishli ekanligini aniqladi. Seyf sakkiz yil avval yo‘qolgan edi.

“Kelajakda Noks politsiyachi bo‘lishni rejalashtirmoqda, shuning uchun u savol berish, hodisalar mohiyatini tushunish, voqealar tagiga yetish jarayonlariga qiziqadi”, — deydi Noksning otasi.

Mavzuga doir: Bolalar smartfonlardan mahrum qilindi va portlash ovozidan uyg‘ondi. Ona ularga 1945-yildagi hayotni ko‘rsatishga qaror qildi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar