Daryo

Hindistonda koronavirusga qarshi antitanalarni aniqlovchi test yaratildi

Ushbu test Mumbaydagi ikki hududda tekshirib ko‘rildi va yuqori aniqlik hamda sezuvchanlikka ega

1 daqiqa o‘qish39 420 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “RIA Novosti”

Hindiston Virusologiya milliy instituti inson organizmi SARS-CoV-2 koronavirus infeksiyasiga qarshi ishlab chiqaradigan antitanani aniqlovchi immunoferment tahlilni yaratdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Xarsh Vardxanga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, test qon namunalaridagi immunoglobulinni aniqlaydi. Immunoferment tahlil odatda OIV-infeksiyani aniqlashda ishlatiladi.

“Ushbu jamlanma Mumbaydagi ikki hududda tekshirib ko‘rildi va yuqori aniqlik hamda sezuvchanlikka ega. Bundan tashqari, u bir vaqtning o‘zida 2,5 soat ichida 90 ta namunani testdan o‘tkazish qobiliyatiga ega, bu esa tibbiyot xodimlariga tezkorlik bilan bemorlarni aniqlashda zarur choralarni ko‘rish imkonini beradi”, — deb yozadi Vardxan o‘zining Twitter’dagi sahifasiga.

Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, Virusologiya milliy instituti Hindistonning Zydus Cadila farmatsevtika kompaniyasiga testni ommaviy ishlab chiqarish texnologiyasini topshirgan bo‘lib, dori-darmonlar nazorati bo‘yicha bosh boshqarma kompaniyaga dori vositalarini ishlab chiqarish ruxsatini bergan.

Avvalroq Hindistonda koronavirusni qon plazmasi bilan davolash usuliga shubha bilan qaralayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Olimlar COVID-19’ga qarshi kurashning 4 xil strategiyasini belgilab berdi

Eslatib o‘tamiz, aprel oyining boshlarida O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlarning qon zardobidan antitana maqsadida foydalanilishi ma’lum qilingandi.
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar