• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Texnologiyalar

    Pavel Durov: Kremniy vodiysiga ko‘chmaslikning 7 sababi

    Telegram asoschisi Pavel Durov rossiyalik jurnalist va videobloger Yuriy Dud tomonidan tayyorlangan Kremniy vodiysi haqidagi filmi borasida o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Yuriy tomonidan suratga olingan filmning ko‘plab qahramonlari bilan shaxsan tanish bo‘lganimdan, ular kamerada e’lon qilgan narsalar va ular bilan bo‘lgan shaxsiy suhbatlardagi narsalarda farq borligini payqadim. Sujetdagi barcha tanish ishbilarmonlardan AQShdagi hayotning salbiy taraflari haqida bir necha bor eshitganman. Endi ulardan biri vaqtining yarmini o‘z vatanida o‘tkazmoqda, boshqasi Yevropaga qaytib kelganiga bir necha oy bo‘ldi, uchinchisi amerikaliklardan ko‘ngli qoldi va o‘z atrofida “kichik Rossiya” barpo etmoqda.

    Umuman olganda, filmdagi qahramonlar kameraga bitta amerikacha fazilatni namoyish etadi — o‘tkir burchaklarni chetlab o‘tib, ijobiy tomonlarga urg‘u berish. Yangi avlod tadbirkorlarini o‘z o‘tmishdagilarning xatolarini takrorlashdan ogohlantirish maqsadida men Amerikaning kamchiliklari haqida so‘zlab berishni o‘zimning burchim deb bilaman. Quyida siz Kremniy vodiysiga ko‘chmasligingizning 7 sababini taqdim etaman.

    1. Politsiya davlati

    Ozodlik mamlakati timsoliga qaramay, AQSh qattiq nazoratga ega politsiya davlati bo‘lib, qamoqxonada bo‘lganlar soni bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Amerikadagi mahbuslar soni Finlyandiya, Germaniya yoki Niderlandiyaga nisbatan 10 baravar ko‘p. Agar bu sizga ta’sir qilmaydi deb o‘ylasangiz, o‘rningizda bo‘lganimda bunchalik amin bo‘lmas edim: filmdagi Vodiyni reklama qilgan tadbirkorlardan hech bo‘lmaganda biri AQSh huquqni muhofaza qilish organlarining nohaq harakatlaridan va ular ustidan olib borilgan kuzatuvlardan aziyat chekkan. Aytganimdek, 2016-yilda San-Fransiskoga safarimiz chog‘ida biz Telegram’da FQBning bosimiga duch kelganmiz.

    2. Cho‘ntak ko‘tarmaydigan sog‘liqni saqlash tizimi

    AQSh sog‘liqni saqlash tizimi samarasiz va qimmat, shuning uchun ko‘plab muhojirlar davolanish uchun Sharqiy Yevropaga uchishadi, chunki bu arzonroqqa tushadi. O‘rtacha olganda, AQSh aholisi sog‘lom emas: rivojlangan davlatlar orasida semizlik bo‘yicha AQSh birinchi o‘rinda. Buning mumkin bo‘lgan sabablari zaif nazoratga ega bo‘lgan oziq-ovqat sanoati, past oziq-ovqat madaniyati va stressdir.

    3. Cheklangan madaniy hayot

    Kremniy vodiysi — madaniy hayoti cheklangan bir necha qishloqlardir. Eng yaqin bo‘lgan shahar San-Fransisko ham megapolis emas, ammo u yerda ham jinoyatchilik darajasi yuqori va uysizlar soni ko‘pdir. Qizig‘i shuki, San-Fransisko — sayohatlarim tarixida shaharning markazida kunduz kuni hujumga uchragan yagona joyim.

    4. O‘rtamiyona o‘rta ta’lim

    Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi o‘rta ta’lim sifati boshqa rivojlangan davlatlarnikidan past. O‘rganib chiqilgan 79 mamlakatdan maktablarda matematikani o‘qitish sifati bo‘yicha Amerika atigi 38-o‘rinni egallaydi. Dasturlash bo‘yicha jahon chempionatlaridagi Amerikaning taniqli oliygohlari nomidan chiqadigan barcha g‘oliblar Xitoy maktablarida tahsil olgan va AQShga ko‘chib kelgan etnik xitoyliklardir. Shunga qaramay, AQSh ushbu musobaqalarda birinchi o‘rinlarni Xitoy yoki Rossiyaga qaraganda ancha kamroq egallaydi.

    5. Yuqori darajadagi soliqlar

    AQSh — yuqori soliqlarga ega mamlakatdir va muvaffaqiyatli Kaliforniya aholisi o‘z daromadlarining yarmidan ko‘pini davlatga beradi. Shu bilan birga, AQSh o‘z fuqarolaridan mamlakatdan chiqib ketganidan keyin ham daromad solig‘ini talab qilishni davom etayotgan dunyodagi yagona davlat. Amerika Qo‘shma Shtatlarining pasporti — dunyoning qayerida yashashingizdan qat’i nazar har doim siz bilan birga bo‘ladigan iqtisodiy krepostnoy huquqdir. Albatta, siz AQSh fuqaroligidan voz kechishga harakat qilishingiz mumkin, ammo bu har doim ham natija bermasligini Oleg Tinkovning ayanchli namunasi ko‘rsatgan. Sharqiy Yevropada to‘g‘ridan to‘g‘ri soliqlar AQShga qaraganda ancha past va BAA kabi mamlakatlarda ular mutlaqo nolga teng.

    6. Rivojlanishning yuqori narxi

    Kremniy vodiysi bu — nafaqat ko‘chmas mulk uchun, balki yuqori texnologiyali biznes oborish uchun ham yuqori narxlar maskani. Muhojir tadbirkorlarning o‘zlari Kremniy vodiysidan bo‘lgan dasturchilarni kamdan kam hollarda yollashadi. Mahalliy dasturchilar qimmat, taltaygan va ko‘pincha tashqi takliflar va g‘oyalar oqimi tufayli ishda diqqat-e’tiborni bir joyga jamlay olmaydilar. Natijada muhojirlar Sharqiy Yevropadan kelgan dasturchilar va dizaynerlar bilan ishlashni afzal ko‘rishadi, ammo bu ham 10 soatlik farq tufayli ko‘pincha ularga qiyin bo‘ladi. Shu ma’noda dasturlashni Sharqiy Yevropa yoki Hindistonga yaqin vaqt mintaqasidan olib borish osonroq.

    7. Bozorning XXI asrdagi zaif istiqbollari

    Amerika bozori bu — dunyo aholisining atigi 4 foizini tashkil etadigan dunyo internetining qizib ketgan va boshqaruvda qolib ketgan qismi. Hatto 10 yoki 20 yil oldin ham barcha global loyihalar faqat Kremniy vodiysidan kelib chiqishi mumkindek tuyulgan va bu asosli edi. U payt AQSh eng katta yagona internet bozori bo‘lib, YouTube va Instagram kabi barcha yangi loyihalarni aynan u yerdan ishga tushirish osonroq edi.

    So‘nggi yillarda esa bu unday emas: ijtimoiy mediada eng katta muvaffaqiyatlar Kremniy vodiysidan tashqarida paydo bo‘lmoqda. Bunga 800 million foydalanuvchisi bo‘lgan TikTok yoki 400 million faol foydalanuvchiga ega Telegram’ni misol qilib keltirish mumkin. O‘tgan hafta Hindistonning ta’lim startapi Byju’ning kapitallashuv darajasi 10 milliard dollarga yetdi. Bu mantiqiy narsadir: bugungi kunda eng katta ochiq internet bozori AQSh emas, balki Hindistondir. Telegram’dagi hind foydalanuvchilarning ulushi boshqa davlatlardagi foydalanuvchilar ulushidan ko‘proq bo‘lishi tasodif emas. Bizning bosh ofisimiz dunyoning orqa tomonida emas, balki ushbu mamlakatga nisbatan yaqin joylashganidan mamnunmiz.

    Xulosa

    Amerika Qo‘shma Shtatlari IT biznesini yuritish yoki yashash uchun eng yaxshi joy emas. Ishonchim komilki, tanlov mavjud bo‘lgan hollarda Sharqiy Yevropani tark etishni istagan har bir kishi boshqa variantlarni, albatta, ko‘rib chiqishi kerak.

    Shimoliy va Markaziy Yevropa mamlakatlarida inson huquqlari va erkinliklari ancha yaxshi himoya qilinadi va XXI asrda iqtisodiy o‘sish Osiyo mamlakatlarida to‘plangan. Amerika hanuzgacha investorlarning arzon pullari bilan dunyodagi ba’zi tadbirkor va dasturchilarni jalb qilishga qodir, ammo bugungi kunda AQShga ko‘chib o‘tish xuddi aktiv xaridini uning narxining eng yuqori darajasida bo‘lgan vaqtida amalga oshirishga o‘xshaydi.

    08.05.2020, 09:52   Izoh (0)   35432
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xiaomi Yaponiya bozori uchun yaratilgan reklama roligidagi yadroviy portlash sabab kechirim so‘radi

    07.05.2020, 09:28

    Gonkong aeroportiga virus va bakteriyalarni 40 soniyada yo‘q qiluvchi kabina o‘rnatildi

    06.05.2020, 13:56

    Apple va Google koronavirus tarqalishini kuzatuvchi mobil ilova to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan bo‘lishdi

    05.05.2020, 19:38

    Kun videosi: Zamonaviy smartfon kamerasi nimaga qodir?

    05.05.2020, 12:23

    Redmi rahbari yangi Redmi televizori sotib oldi. Uni tashish uchun yuk mashinasi kerak bo‘ldi

    04.05.2020, 18:25

    Google Zoom raqobatchisini ishga tushirdi. Undan istalgan kishi bepul foydalanishi mumkin

    01.05.2020, 20:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.