Daryo

Dunyodagi eng yaxshi ta’mirbardoshli smartfonlar reytingi e’lon qilindi

Birinchi o‘rin Fairphone 3’ga nasib etdi

1 daqiqa o‘qish128 558 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: IXBT

iFixit kompaniyasi mutaxassislari ta’mirlashga bardoshliligi jihatida eng yaxshi smartfonlar reytingini e’lon qildi, deb xabar beradi IXBT.

Foto: IXBT

Birinchi o‘rin Fairphone 3’ga nasib etdi. U iFixit tarixida maksimal bahoni olgan tarixdagi ikkinchi telefonga aylandi. Fairphone 3 o‘zidan oldingi ajdodidagi kabi modul konstruksiyasiga ega bo‘lib, ularni osonlik bilan almashtirish mumkin. Shuningdek, qurilmaga yechiluvchi akkumulyator o‘rnatilgan, bu esa bugungi kunda juda kam uchraydi. Akkumulyator va Fairphone 3 ekranini Phillips yoki Torx otvyortkalari yordamida yechib olish mumkin.

Ikkinchi o‘rin Germaniyaning Shiftpone kompaniyasi tomonidan yaratilgan Shift6m modeliga nasib etdi. Smartfon 10 balldan 9 ballni qo‘lga kiritgan bo‘lib, yechiluvchi akkumulyatori, shuningdek, displeyi yelimsiz, faqatgina vint va qistirgichlar bilan joyiga qotirilgani uchun e’tirof etilgan.

Uchinchi o‘rindan esa 6 ball bilan o‘tgan yili ishlab chiqarilgan Google Pixel 3a joy oldi. Undan keyingi pog‘onada OnePlus 7T (5 ball) joylashgan. Mazkur smartfonlarni ta’mirlash oson emas, biroq ular baribir bu borada qolgan Android telefonlardan yaxshiroq.

Reytingning oxiridan Moto G va E o‘rin olgan bo‘lib, uning akkumulyatori va boshqa qismlari oson yechiladi. Bundan tashqari, Motorola telefon qismlarini sotish bilan shug‘ullanuvchi kam sonli mashhur ishlab chiqaruvchilardan hisoblanadi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar