Daryo

Angliyalik ayol retriver zotli itini jonli “kopilka”ga aylantirib qo‘ydi (foto)

Evi laqabli it egasidan ancha vaqtgacha xafa bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish85 574 ko‘rishlar0 izoh0

Angliyalik Reychel Sharp turmush o‘rtog‘ining soqolini olib qo‘yayotganida elektron ustaraning ovozi ularning o‘g‘li Kristianni qo‘rqitib yuboradi. Sharp uni tinchlantirish uchun Evi laqabli retriver zotli itining oldiga boradi. Ayol hatto it ham ustaraning ovozidan qo‘rqmasligini o‘g‘liga ko‘rsatmoqchi bo‘lgan.

Foto: Facebook / Rach Sharpe

Shu payt Evi egasi tomonga sakraydi va ayol tasodifan itning boshidagi yungini qirib yuboradi. Sharp bir vaqtning o‘zida ham kulib, ham yig‘lardi. Gap shundaki boshiga ustara tegib ketgan Evi jonli “kopilka”ga aylanib qolgan edi. Yungning qirilgan joyi tanga tashlanadigan teshikni eslatardi.

Evi egasidan ancha vaqt xafa bo‘lgan. Biroq Sharp o‘z aybini tovuq go‘shti bilan yuvganidan so‘ng Evining kayfiyati ko‘tarilgan.

Foto: Facebook / Rach Sharpe
Foto: Facebook / Rach Sharpe

Mavzuga doir: “Suratni virusga ko‘rsating, u itni baxtli qilish uchun bu yerdan ketadi”. G‘amgin buldog Twitter’da karantindan charchaganlik ramziga aylandi (foto)

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar