Daryo

Video: Redmi K30 Pro mikroskopga aylantirildi

Smartfon inson ko‘zi ko‘rishga ojiz mayda zarralarni ham suratga olishi mumkin

1 daqiqa o‘qish79 814 ko‘rishlar0 izoh0
Skrinshot: YouTube

Xitoyning Redmi kompaniyasi o‘zining K30 Pro smarfonini qanday qilib mikroskopga aylantirish bo‘yicha qo‘llanmani e’lon qildi. Ushbu jarayondan keyin smartfon inson ko‘zi ko‘rishga ojiz mayda zarralarni ham suratga olishi mumkin, deb xabar beradi IXBT.

Skrinshot: YouTube

Ta’kidlash kerakki, mazkur smartfonga fokus oralig‘i 50 millimetrli 8 megapikselga teng “televik” o‘rnatilgan. Smartfon imkoniyatini kengaytirish va undan mikroskop sifatida foydalanish uchun qo‘shimcha makrokamera modulini sotib olish kerak. Quyidagi videorolikda modulni kesib, undagi obyektivni olish jarayonlari ko‘rsatib berilgan.

Smartfonning orqa paneli ochilganidan so‘ng, qo‘shimcha obyektivni asosiy kameraning pastki chap kamera ustiga o‘rnatish lozim. Qo‘shimcha obyektni qanday o‘rnatish kerakligi haqida hech narsa deyilmagan. Taxminlarga ko‘ra, bu shunchaki tajriba sifatida ko‘rsatib berilgan bo‘lib, mazkur jarayondan keyin baribir orqa panelni qayta o‘rnatib bo‘lmaydi.

Rolikda Redmi K30 Pro qarag‘ay ignalari, dafniy, asalari oyog‘i, odam qonining tomchisi, piyoz va jarrohlik niqobini suratga olgani tasvirlangan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar