O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha barcha choralar ko‘rilgani, karantin davrida qat’iy tartib-intizom o‘rnatilgani bois kasallik bilan bog‘liq raqamlar ijobiy bo‘lib turibdi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-aprel kuni Buxoro viloyatining Olot tumanida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ta’kidlab o‘tdi.
“Bu yo‘nalishda Buxoroda ham katta ishlar qilinyapti. Har bir fuqaroning hayotini saqlab, birorta ham o‘lim bo‘lmasligi uchun 24 soat harakat qilyapmiz. Albatta, bu boshimizga tushgan katta sinov. Men birinchi kundanoq aytdimki, bu sinovdan qudratli bo‘lib chiqamiz, bir-birimizga mehrimiz, muhabbatimiz, albatta, oshadi”, — dedi Prezident.
Ta’kidlash joizki, 28-aprel kuni O‘zbekistonda ilk bor koronavirusdan sog‘ayganlar soni ayni vaqtda kasallikdan davolanayotganlar sonidan oshib ketdi. 29-aprel soat 10:00 holatida ham sog‘ayganlar ustunligi saqlanib turibdi. Ayni vaqtda mamlakatda ilk kasallanish holati qayd etilgan 15-martdan buyon sakkiz kishi kasallik qurboni bo‘ldi.
Mavzuga doir:
- Shavkat Mirziyoyev koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha xalqqa murojaat qildi (video)
- Shavkat Mirziyoyev koronavirus masalasida O‘zbekiston xalqiga yana bir bor murojaat qildi
- Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurashda intizom, sabr-toqat va mas’uliyat ko‘rsatishni so‘rab, xalqqa murojaat qildi
Izoh (0)