Daryo

Pingvinlar bo‘shab qolgan Keyptaun ko‘chalarini o‘zlariniki qilib oldi (video)

Jonivorlar ko‘chada o‘zlarini juda erkin tutmoqda

1 daqiqa o‘qish45 298 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Esquire

Janubiy Afrikada joylashgan Keyptaunning bo‘shab qolgan ko‘chalarida pingvinlar paydo bo‘ldi, deb yozadi Esquire.

Foto: Esquire

Jonivorlar ko‘chada o‘zlarini juda erkin tutmoqda. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan internetga joylangan videolarda pingvinlarning viqor bilan yo‘lni kesib o‘tayotgani, zarur bo‘lganida yo‘l to‘siqlariga sakrab chiqib olayotgani aks etgan.

Mana bu uchta jonivor SANCCOB — pingvinlar uchun reabilitatsiya markazi xodimlaridan biri tomonidan suratga olingan.

https://twitter.com/SANCCOB/status/1251190644879642626

“Odatda pingvinlar odamlar ko‘p to‘planadigan joylarni hamda odamlarning ularga yaqin kelishini yoqtirmaydi. Biroq hozir odamlar va mashinalar kam, shuning uchun ular o‘zlarini erkin tutmoqda”, — deydi SANCCOB tashkiloti vakillari.

https://twitter.com/shashwatprakas8/status/1251482956972978176 Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar