“Ayaks” klubi darvozaboni Andre Onana yozgi transferlar davrida amsterdamliklar safini tark etishi mumkin, deya xabar qilmoqda The Telegraph.
“Ayaks” rahbariyati 24 yoshli posbonni qo‘yib yuborishga qarshi emas va futbolchining transferidan 40—45 million yevro ishlab olmoqchi. Onana uchun asosiy da’vogarlar — “Chelsi”, PSJ va “Barselona”.
Kamerunlik futbolchi “Ayaks”da 2015-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Darvozabon Samyuel Eto'Oning Kamerundagi futbol akademiyasida tarbiya topgan. 2010-yilda u “Barselona”ga yo‘l oladi, biroq asosiy jamoada o‘yin o‘tkazmaydi.
Onana “Ayaks” safida Niderlandiya chempionligi, mamlakat Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, u jamoasi bilan Yevropa Ligasi finali va Chempionlar Ligasi yarim finallarida qatnashdi. Koronavirus tufayli to‘xtab qolgan Niderlandiya joriy mavsumida Onana 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, ularning sakkiztasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)