Daryo

Nonushtaga vitaminlarga boy tvorogli smuzi tayyorlang

Mazasi og‘zingizda qolishi aniq

1 daqiqa o‘qish20 076 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Meva yoki sabzavotlardan tayyorlangan smuzining mazasi og‘zingizda qolishi aniq. Uni katta-yu kichik uchun nonushtaga tortish mumkin.

Foto: Style news
Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
  • Tvorog – 100 gramm
  • Sut – 100 ml
  • Banan – 1 dona
  • Qulupnay – 1 stakan
  • Vanilin
  • Suli yormasi
  • * banan va qulupnay o‘rniga istalgan mevani ishlatish mumkin.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Tvorogga banan va qulupnay qo‘shib, blenderda bo‘tqa holiga keltiring.
  2. Bo‘tqa holiga kelgan aralashmaga sut va vanilin, ta’bga qarab shakar qo‘shing.
  3. Tayyor smuzini stakanga soling va ustini suli yormasi yoki mevalar bilan bezang.
Yoqimli ishtaha!
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar