Daryo

Apple’ning eng katta ekranga ega iPhone 12 smartfoni sotuvi koronavirus tufayli kechikadi

2020-yilning kuzida Apple bir vaqtning o‘zida to‘rtta yangi iPhone taqdimotini o‘tkazishni rejalashtirmoqda

1 daqiqa o‘qish92 946 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Hi-Tech. Mail.ru

2020-yilning kuzida Apple bir vaqtning o‘zida to‘rtta yangi iPhone taqdimotini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Ulardan eng hamyonbopi 5,4 dyuym ekranga ega, yana ikkitasi — 6,1 dyuym va eng kattasi — 6,7 dyuym ekranli.

Foto: Hi-Tech. Mail.ru

MacRumors’ning yozishicha, eng katta iPhone taqdimoti bilan muammolar yuzga kelishi mumkin, sababi koronavirus pandemiyasi tufayli ishlab chiqarish jarayonini qayta tiklab bo‘lmayapti.

Ehtiyot qismlarini yetkazib berishdagi muammolar, xodimlarning izolyatsiyada ekanligi va boshqa cheklovlar sababli 6,7 dyuymli ekranga ega iPhone 12 oktabr oyidan boshlab sotila boshlaydi.

Apple’ning qolgan modellari sentabr oyida, taqdimotdan keyin sotuvga chiqariladi.

Yangi iPhone’lar haqidagi asosiy ma’lumotlar oshkor qilingan. Ular 5-nanometrli texnojarayonda qurilgan yangi Apple A14 protsessori, OLED-displey va Pro versiyasi 3D-kameraga ega bo‘ladi. Bunday kameralar yangi iPad Pro’da mavjud.

Yaqin oylarda Apple hamyonbop iPhone SE (2020) smartfonini ham taqdim etadi. U eskirgan iPhone 8 protsessori korpusi va A13 protsessoriga ega bo‘ladi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar