Daryo

AirPods X: Apple’ning yangi naushniklari narxi e’lon qilindi

Apple kompaniyasining navbatdagi simsiz naushniklari AirPods X deb nomlanadi

1 daqiqa o‘qish58 012 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: TechRadar

Apple kompaniyasining navbatdagi simsiz naushniklari AirPods X deb nomlanadi. Qurilma Beats by Dre garniturasining o‘rnini egallashi kerak, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: TechRadar

Avvalroq ushbu naushniklar AirPods Lite nomi ostida ishlab chiqarilishi ma’lum qilingandi. Ular AirPods Pro naushniklarini yoqtiruvchi foydalanuvchilarga mo‘ljallangan.

Tom’s Guide’ning yozishicha, Apple kompaniyasi AirPods X’dan tashqari, 2020-yilning ikkinchi choragida xuddi AirPods Pro kabi, biroq faol shovqinni pasaytirish tizimisiz AirPods 3’ni ham taqdim etishi mumkin. Shuningdek, kompaniya to‘liq formatli Apple Over-Ear Headphones katta naushniklarni ham ishlab chiqaradi — hozircha naushnik shu nom ostida ma’lum. Mavzuga doir: Insayder Jon Prosserning ma’lum qilishicha, AirPods X 2020-yilning sentabr-oktabr oylarida 200 dollardan sotuvga chiqadi. To‘liq formatli katta naushniklar esa 350 dollardan sotilishi kutilmoqda.
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar