Daryo

Amerikalik xonanda Kardi Bi koronavirusdan jabrlangan ming nafar muxlisiga 1000 dollardan tarqatadi

Bu Kardi Bining koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha ikkinchi xayriya loyihasidir

1 daqiqa o‘qish39 714 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: DailyTalkiez

Amerikalik xonanda Kardi Bi Instagram’dagi sahifasi orqali Fashion Nova moda brendi bilan hamkorlikda koronavirusdan aziyat chekayotgan muxlislariga yordam berishini ma’lum qildi.

Foto: DailyTalkiez

Xonanda 20-mayga qadar umumiy summa million dollarga yetmaguncha har soatda kimgadir ming dollar o‘tkazib beradi.

“Kardi Bidan ming dollar” aksiyasiga Fashion Nova brendi sayti orqali ariza berish mumkin.

Shuningdek, xayriya aksiyasida ishtirok etishning shartlari bor: ariza beruvchining Instagram akkaunti ochiq bo‘lishi kerak, chunki Kardi Bining shaxsan o‘zi arizalarni ko‘rib chiqadi.

“Men ushbu pullar sizga haqiqatdan ham kerakligini tekshiraman. Shuning uchun meni aldashga urinmang”, — dedi xonanda muxlislariga murojaatida.

Bu Kardi Bining ikkinchi xayriya loyihasi. Avvalroq xonanda Coronavirus qo‘shig‘idan tushgan barcha mablag‘ni pandemiyadan aziyat chekayotganlarga berishini aytgan edi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar