Apple kompaniyasining navbatdagi simsiz naushniklari AirPods X deb nomlanadi. Qurilma Beats by Dre garniturasining o‘rnini egallashi kerak, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Avvalroq ushbu naushniklar AirPods Lite nomi ostida ishlab chiqarilishi ma’lum qilingandi. Ular AirPods Pro naushniklarini yoqtiruvchi foydalanuvchilarga mo‘ljallangan.
Tom’s Guide’ning yozishicha, Apple kompaniyasi AirPods X’dan tashqari, 2020-yilning ikkinchi choragida xuddi AirPods Pro kabi, biroq faol shovqinni pasaytirish tizimisiz AirPods 3’ni ham taqdim etishi mumkin. Shuningdek, kompaniya to‘liq formatli Apple Over-Ear Headphones katta naushniklarni ham ishlab chiqaradi — hozircha naushnik shu nom ostida ma’lum. Mavzuga doir:- Samsung loviya ko‘rinishidagi simsiz naushnik yaratdi
- Xiaomi simsiz Air 2S naushniklarini taqdim etdi. U bir marta quvvatlanish orqali 24 soat ishlay oladi








