Daryo

Amerikada noyob limuzin-samolyot auksionga qo‘yildi (foto+video)

13 metrli avtomobilni samolyot ko‘rinishiga keltirish uchun 12 yil vaqt sarflangan

1 daqiqa o‘qish86 714 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Mecum Auctions

Mecum Auctions auksion uyi o‘z turida yagona bo‘lgan — avtomobil g‘ildiraklariga ega V8 benzin dvigatelli Limo-Jet’ni kimoshdi savdosiga qo‘ydi. Mazkur mashina uchmaydi, biroq uning egasi ko‘chalar bo‘ylab bemalol harakatlanishi mumkin.

Foto: Mecum Auctions

13 metrli avtomobilni samolyot ko‘rinishiga keltirish uchun 12 yil vaqt sarflangan. Mashinaga 400 ot kuchiga ega 8,1 litrli GM motori hamda 28 dyuymli g‘ildiraklar o‘rnatilgan. Salon ichidan 42 dyuymli display, charm o‘rindiqlar, 17 kilovattli akustik tizim o‘rin olgan. Yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish yig‘ma trap yordamida amalga oshiriladi.

Foto: Mecum Auctions

Limuzin-samolyot jamlanmasiga uni tashishga mo‘ljallagan tirkamali Chevrolet 2500 HD pikapi ham qo‘shib beriladi. Umuman olganda Limo-Jet yo‘llarda bemalol harakatlana oladi — u kerakli barcha hujjat va sertifikatlarga ega.

Foto: Mecum Auctions

Hozirda limuzin Frenk De Anjelo va Mixail Kashevatskiy tomonidan asos solingan Jettersetter Inc. kompaniyasiga tegishli. 2020-yilda bo‘lib o‘tadigan savdolar vaqtida limuzinning boshlang‘ich narxi 5 million dollarni tashkil etadi.

Foto: Mecum Auctions
Foto: Mecum Auctions
Foto: Mecum Auctions
Foto: Mecum Auctions
Foto: Mecum Auctions
Foto: Mecum Auctions
Foto: Mecum Auctions
Foto: Mecum Auctions
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar