Daryo

Mercedes-Benz koronavirus tufayli logotipini o‘zgartirdi

Vaqtinchalik logotipda uch qirrali yulduzning uchlari doiraga tegmagan

1 daqiqa o‘qish155 070 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Pixabay

Mercedes-Benz avtokonserni koronavirus tufayli o‘zgargan logotipini taqdim etdi. Bu haqda kompaniyaning Facebook’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Foto: Pixabay

Uch qirrali yulduzning uchlari vaqtinchalik logotipda doiraga tegmagan.

Qora fonda kichraytirilgan yulduz aks ettirilgan. Uning kichraygani tufayli aylana va yulduz o‘rtasida bo‘sh joy qolgan.

Foto: Facebook/@MercedesBenz
Shu tarzda Mercedes-Benz avtokonserni insonlarga koronavirus infeksiyasidan o‘zini va boshqalarni himoya qilish uchun masofani saqlash lozimligini targ‘ib qilmoqda, deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: Audi va Volkswagen koronavirus sabab o‘z logotiplarini vaqtincha o‘zgartirdi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar