Daryo

Video: Vyetnamlik blogerlar kartondan Bugatti Chiron’ni yasadi

“Mashina”ning tashqi ko‘rinishidan ikki eshikli fransuz modelini bemalol ajratib olish mumkin

1 daqiqa o‘qish60 854 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: YouTube

Vyetnamlik blogerlar karton qog‘ozidan Bugatti Chiron modelini yasadi. YouTube’ga joylashtirilgan videorolikka ko‘ra, ramaga qog‘oz panellar qotirilgan, dvigatel o‘rniga esa velosipedning zanjirli uzatmasidan foydalanilgan.

Kadr: YouTube

NHET TV kanali mualliflari ko‘ngilxushlik uchun kartondan super va giperkarlar yasash bilan shug‘ullanadi. Masalan, Bugatti Chiron metall trubalar birlashmasi va karkas profilga “kiydirilgan” karton kuzovdan iborat. “Mashina”ning tashqi ko‘rinishidan ikki eshikli fransuz modelini bemalol ajratib olish mumkin, axir uning eng muhim jihatlari saqlanib qolgan: kuzov ostidagi radiator panjarasi, faralar tuzilishi va yon tomondagi C-simon qirqimlar.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar