Daryo

Ilon Mask koronavirusni davolash yo‘lida sun’iy nafas oldirish apparatlarini tarqatmoqda

Ushbu qurilmalardan o‘tkir pnevmoniya va koronavirus bilan kasallangan insonning ahvoli og‘irlashib qolganida foydalaniladi

1 daqiqa o‘qish55 742 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Tesla rahbari Ilon Mask Xitoydan koronavirus bilan og‘ir kasallanganlarni davolashda kerak bo‘ladigan 1255 dona sun’iy nafas oldirish apparatlarini sotib oldi. Tibbiyot qurilmalari Kaliforniya rasmiylariga topshirilgan, ular esa o‘z navbatida apparatlarni mahalliy shifoxonalarga tarqatadi, deb xabar berdi Motor.

Foto: Reuters
Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom Maskning ushbu harakatini “qahramonlik” deb atagan. Ilon Mask o‘zining Twitter’dagi sahifasiga Xitoyda ishlab chiqarilgan sun’iy nafas oldirish apparatlari Los-Anjelesga olib kelinganini yozib qoldirgan. Ushbu qurilmalardan o‘tkir pnevmoniya va koronavirus bilan kasallangan insonning ahvoli og‘irlashib qolganida foydalaniladi. Mavzuga doir: Avvalroq Tesla rahbari koronavirus u qadar qo‘rqinchli emasligini va pandemiya atrofidagi vahimani “ahmoqlik” deb atagandi. Shuningdek, u amerikaliklarning avtohalokat oqibatida vafot etishi ehtimoli koronavirusdan o‘lishdan yuqoriroq ekanini ta’kidlagan.
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar