Daryo

Karantin sabab Venetsiyadagi kanallarda baliq va delfinlar paydo bo‘ldi

Karantin sabab turistlar kelmayotgani munosabati bilan kanallarda oqayotgan suvlar shaffoflashgan

1 daqiqa o‘qish100 782 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter / Cosodelirante

Venetsiyada bir haftalik karantindan so‘ng mahalliy aholi kanallarda baliqlar va hatto delfinlarni uchratmoqda, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Twitter / Cosodelirante

Ta’kidlanishicha, karantin sabab turistlar kelmayotgani munosabati bilan kanallarda oqayotgan suvlar shaffoflashgan. Baliqlar yetmaganidek, kanallarda delfinlar ham uchramoqda.

Twitter’dagi Franchesko Delrio ismli foydalanuvchi ijtimoiy tarmoqqa Venetsiyadagi suvi toza kanallarda suzayotgan baliqlar, delfinlar, favvorada yurgan o‘rdak va shahar maydonida sayr qilayotgan yovvoyi to‘ng‘izning suratini joylagan.

“Havodagi ifloslanish kamaydi. Tabiat Italiyadagi karantin vaqtida o‘z kuchini qayta tiklamoqda”, — deb yozadi foydalanuvchi.

Foto: Twitter / Cosodelirante
Foto: Twitter / Cosodelirante
Foto: Twitter / Cosodelirante

Italiya koronavirus oqibatida vafot etganlar soni bo‘yicha Xitoydan o‘tib ketdi. Kasallanganlar soni 41 mingdan, vafot etganlar 3400 dan oshib ketdi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar