Daryo

Koronavirus sabab Turkiya Superligasi ham to‘xtatildi

Mamlakatda shuningdek basketbol va voleybol ligalari ham vaqtincha to‘xtatilgan

1 daqiqa o‘qish35 738 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Yandex Photos

Koronavirus tufayli futbol bo‘yicha Turkiya chempionati to‘xtatildi. Bu haqda Turkiya sport va yoshlar vaziri Mexmet Muharram Qasopo‘g‘lu ma’lum qildi.

Foto: Yandex Photos

Ma’lum bo‘lishicha, mamlakatda shuningdek basketbol va voleybol ligalari ham vaqtincha to‘xtatilgan.

Endilikda faqat Belarus chempionati Yevropa mintaqasida o‘tkazilayotgan yagona musobaqa bo‘lib qolmoqda. Qolgan barcha ligalar koronavirus sabab qoldirilgan.

Ayni damda Turkiya chempionatida 26-turdan so‘ng “Trabzonspor” (53 ochko) yetakchilik qilmoqda.

Mavzuga doir: APL o‘yinlari koronavirus sabab mayga qadar qoldirildi

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar