COVID-19 koronavirusi pandemiyasi tufayli AQSh fond bozoridagi kotirovkalar qulashda davom etaversa, 2007—2008-yillardagi butunjahon moliyaviy iqtisodiy inqirozida kuzatilganidek, ko‘plab mamlakatlarda milliy valyuta qadrsizlanishi mumkin. Bu haqda Bloomberg nashri o‘z tahlillariga asoslanib xabar tarqatgan.

Rossiya rublining qadrsizlanishi 30 foizgacha bo‘lishi mumkin, ya’ni 1 dollar uchun 97 rubl. 19-fevralda dollar rublga nisbatan 18 foizga mustahkamlangandi.
Tahlilchilar mamlakatlarning valyuta joriy hisob defitsitining likvidlashmagan moliyaviy bozorga nisbati dollar mustahkamlanishi oldida ojiz qolishi mumkinligini aytmoqda. Ushbu davlatlar sirasiga Lotin Amerikasi mamlakatlari, shuningdek, Janubiy Afrika, Indoneziya, Chili, Turkiya va Hindiston kiradi.
“Garchi milliy valyutalarning ayrimlarida keskin pastlash jarayoni boshlangan bo‘lsa ham, ushbu yo‘qotishlar yana ham kattaroq bo‘lishi mumkinligi yuzasidan taxminlar mavjud”, — deyiladi agentlik xabarida. Mavzuga doir:- Jahon bozorida neft narxining “qulashi”, dollarning yuqorilashi qanday oqibatlarga olib keladi? Asosiy ma’lumotlar
- Putin sobiq SSSR davlatlarining tashqi aktivlariga nisbatan da’volariga e’tiroz bildirdi








