Daryo

Moskvada koronavirus yuqtirib olgan birinchi bemor tuzaldi

U yaqin vaqt ichida kasalxonadan chiqadi

1 daqiqa o‘qish66 822 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “RIA Novosti”

Rossiya poytaxti Moskva shahrida koronavirus yuqtirib olgan birinchi bemor tuzaldi. U yaqin vaqt ichida kasalxonadan chiqadi. Bu haqda Moskva meri o‘rinbosari Anastasiya Rakovaga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Shahar meri o‘rinbosarining ma’lum qilishicha, birinchi bemor tuzalgan. Unda o‘tkazilgan tekshiruvlar virusning mavjud emasligini ko‘rsatgan. Yaqin kunlar ichida u kasalxonadan chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq oltita yangi holat aniqlandi. Ularning beshtasi Moskvada qayd etilgan. Koronavirus sabab mazkur shaharda yuqori shaylik rejimi joriy etildi.

Mavzuga doir: Kremlda Putinni koronavirusdan himoya qilish bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi

Fevral oyi oxirida Italiyadan qaytgan erkakda koronavirus topilganligi 2-mart, dushanba kuni, ma’lum bo‘ldi. U shifokorlarga murojaat qilgan, shundan so‘ng kasalxonaga davolanish uchun joylashtirilgan. Moskva meri Sergey Sobyanin koronavirus aniqlangandan so‘ng 85 kishi karantinga olingani, 24 kishi kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan edi.

Mavzuga doir: “Daryo” oqshomi: Jahon bo‘ylab ship-shiydam bo‘layotgan do‘konlar, dunyoning 85 mamlakatiga tarqalgan infeksiya. Koronavirus bo‘yicha 6-martning asosiy xabarlari

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar