• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Otabek Murodovning ozodligi 5 yilga cheklandi. U DXX sobiq raisining jinoyatlarini fosh qilishga yordam bergan, zararni to‘la qoplagan

    O‘zbekiston Harbiy sudida 25-fevral, seshanba kuni, Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) va boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Otabek Murodov hamda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev va uning o‘rinbosari Jahongir Egamovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

    Otabek Murodov (arxiv).

    Otabek Murodov (arxiv).
    Foto: “Daryo”/Madina Nurman

    O‘tkazilgan yopiq sud majlisida sudlanuvchilarning, 70 dan ortiq jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatmalari tinglanib, muhokama qilindi. Dastlabki tergov organi tomonidan to‘plangan dalillarga baho berilib, sudlanuvchilarning vajlari tekshirildi. Sud jinoyat ishi materiallarini har tomonlama va to‘liq o‘rganib, sudlanuvchi Otabek Murodovni bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topdi.

    Ta’kidlanishicha, Otabek Murodovga jazo belgilashda sud Konstitutsiya va jinoyat qonunchiligida belgilangan insonparvarlik va adolat tamoyillariga ham asoslangan. Xususan, sudlanuvchining sodir etgan jinoyatlari uchun chin ko‘ngildan pushaymon ekanligi va jinoiy qilmishlarni fosh qilishda faol yordam berganligi hamda jinoyat oqibatida yetkazilgan zarar to‘la qoplanganligi e’tiborga olindi (Oliy sud axborotida zarar miqdori ochiqlanmagan).

    Natijada sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, sudlanuvchining shaxsi, oilaviy ahvoli, yashash joyidan ijobiy tavsiflangani kabi jazoni yengillashtiruvchi holatlar e’tiborga olinib, Otabek Murodovga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

    “Shuningdek, sud hukmiga ko‘ra, Ixtiyor Abdullayevga 19 yil, Jahongir Egamovga 19 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, har biri muayyan muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilindi”, — deyiladi Oliy sud axborotida.

    Otabek Murodov

    Otabek Murodov 2018-yil 31-yanvaridan 2019-yil 20-iyuniga qadar O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga rahbarlik qilgan. Bungacha, 2017—2018-yillarda Prezident davlat maslahatchisi, 2015—2017-yillarda adliya vaziri o‘rinbosari, 2010—2015-yilarda Prezident devonida, 1998—2010-yillarda Bosh prokuraturada turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.

    Oliy Majlis Senatining 2019-yil 21-iyun kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisida Prezident Shavkat Mirziyoyev bir kun avval ishdan olingan sobiq bosh prokuror Otabek Murodovni tanqid qilib, uni poraxo‘rlikda ayblagan va unga nisbatan jinoyat ishi ochilganini ma’lum qilgan edi.

    Keyinroq Bosh prokuratura matbuot xizmati Otabek Murodov o‘zidan avvalgi bosh prokuror, DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev ishi doirasida tergov qilinayotganini ma’lum qildi. 2019-yil sentabrida esa Otabek Murodovning qamoqqa olingani ma’lum bo‘lgan edi.

    Ixtiyor Abdullayev

    Ixtiyor Abdullayev (1966-yilda tug‘ilgan) 1990—1997-yillarda Farg‘ona viloyatida adliya va sudlov organlarida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2000—2001-yillarda Andijon viloyati sudiga raislik qilgan, 2002—2006-yillarda adliya vaziri birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan.

    Ixtiyor Abdullayev (arxiv).

    Ixtiyor Abdullayev (arxiv).
    Foto: “Gazeta.uz”

    U 1997—2000-yillarda Prezident davlat maslahatchisi xizmatida referent, 2001—2002-yillarda Prezident davlat maslahatchisi o‘rinbosari, 2006—2010-yillarda Prezident davlat maslahatchisi bo‘lgan. 2010-yildan 2015-yilga qadar senator, 2015-yil aprelidan esa Bosh prokuraturaga 15 yil rahbarlik qilgan Rashidjon Qodirov o‘rniga O‘zbekiston bosh prokurori etib tayinlangan. 2018-yil yanvarida esa u Milliy xavfsizlik xizmatining 23 yillik rahbari — Rustam Inoyatov o‘rniga xizmat negizida tashkil etilgan yangi tuzilma — Davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlangan edi.

    Ixtiyor Abdullayev 2019-yil fevralida Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimidan ozod etilgan, bunga rasman uning sog‘lig‘i yomonlashgani, so‘nggi bir yil davomida ikki marta og‘ir operatsiyani boshdan o‘tkazgani sabab qilib ko‘rsatilgan edi. Keyinroq, 2019-yil may oyida Abdullayevning “poraxo‘rlik botqog‘i”ga botgani haqida maqolalar paydo bo‘ldi, iyunda esa Bosh prokuratura Ixtiyor Abdullayevga nisbatan jinoyat ishi ochilganini tasdiqladi. Iyul oyida esa Abdullayev ishi bo‘yicha sud boshlangan edi. O‘zbekistonning sobiq bosh prokurori Otabek Murodov ham aynan Abdullayev ishi doirasida qamoqqa olingani xabar qilingan edi.

    2019-yil 27-sentabrda O‘zbekiston Harbiy sudi Ixtiyor Abdullayevni jinoiy uyushma tashkil etib, mansab vakolatini suiiste’mol qilib, uyushgan guruh va jinoiy uyushma manfaatlarini ko‘zlab, juda ko‘p miqdorda pora olish, O‘zbekiston manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish, tovlamachilik, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilish, bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish va shu kabi bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topib, jinoyatlar majmui tariqasida unga 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan edi.

    25.02.2020, 15:49   Izoh (0)   89809
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    To‘y-marosimlar o‘tkazish tartibini buzganlar qancha jarima to‘lashi ma’lum bo‘ldi

    25.02.2020, 15:44

    Hokimlarning 90 foizi profilaktik ko‘rikdan o‘tmasligi ma’lum bo‘ldi

    25.02.2020, 14:31

    Andijondagi gaz “zapravka”da Nexia portladi (video)

    25.02.2020, 13:27

    Kattaqo‘rg‘onda er bolasini ko‘rsatmagan sobiq turmush o‘rtog‘ini pichoqlab o‘ldirdi

    25.02.2020, 13:08

    Xivada 400 dollar pora so‘ragan kadastr xodimi qo‘lga olindi

    25.02.2020, 12:22

    Shovotda bandlikka ko‘maklashish markazi direktori pora olayotganida qo‘lga tushdi

    25.02.2020, 11:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda 29-iyun kuni ob-havo qanday bo‘lishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 17:35

    Qozog‘istonda ayol avtobus bekatida farzand ko‘rdi

    Dunyo | 28 iyun, 17:15

    Pokistonda portlash tufayli kamida 16 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 28 iyun, 16:55

    Klopp klublar o‘rtasidagi JCH haqida: “Bu kabi turnirlar futbolchilar salomatligi hisobiga o‘tkazilmasligi kerak”

    Sport | 28 iyun, 16:53

    O‘zbekistonda ekologiya bo‘yicha huquqbuzarlarga 115 mlrd so‘m jarimalar belgilandi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 16:35

    Hindistondagi hodisa yagona emas: tarixdagi eng yirik aviahalokatlar qayerda sodir bo‘lgan?

    Dunyo | 28 iyun, 16:15

    Toshkentda fuqaro inspektorga pichoq bilan tajovuz qildi (video)

    O‘zbekiston | 28 iyun, 15:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.