Germaniyaning Folkmarzen shahrida noma’lum haydovchining karanaval ishtirokchilari ustiga avtomobilni bosib borishi qasddan amalga oshirilgan, deb hisoblamoqda Gessen federal yeri politsiyasi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Mavzuga doir: Germaniyada noma’lum kishi avtomobilda karnaval ishtirokchilarining ustiga bostirib bordi
Qayd etilishicha, politsiya holatni terakt deb hisoblamayapti.
Jabrlanganlar soniga aniqlik kiritilmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 30 kishi jarohat olgan bo‘lishi mumkin.
Qayd etilishicha, 29 yoshli haydovchi mahalliy aholi vakili bo‘lgan. Politsiya haydovchini hozircha so‘roq qila olmasligini ma’lum qilgan va buning sababiga aniqlik kiritmagan.
Izoh (0)