So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12206.13
    • RUB 127.07
    • EUR 12981.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Si Szinpin koronavirusga qarshi kurashda Xitoyga ko‘rsatilgan yordam uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

    18.02.2020, 06:27 28664

    Xitoy prezidenti Si Szinpin mazkur mamlakat xalqiga hamdardlik va ko‘rsatilgan yordam uchun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan maktubda bunday deyilgan:

    Muhtaram Prezident janoblari!

    Xitoy koronavirus tarqalishiga qarshi olib borayotgan kurash munosabati bilan yo‘llagan ta’ziyanomangiz uchun Sizga samimiy minnatdorlik bildiraman.

    Aytishganidek, qayerdadir kulfat yuz bersa, har yoqdan yordamga shoshiladilar. Dunyo hamjamiyati, shu jumladan O‘zbekiston, Xitoy hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi va turli ko‘rinishda qo‘llab-quvvatladi. Bu bizga bo‘lgan do‘stona munosabatni to‘liq namoyon etdi.

    Xitoy epidemiyani profilaktika qilish va nazoratga olish borasida muvaffaqiyatga erishishiga ishonchi komil va bunga qodir, shuningdek, butun jahonda jamoat sog‘lig‘ini saqlash ishiga hissa qo‘shish yo‘lida xalqaro hamjamiyat bilan birgalikda ishlashga tayyor.

    Men Xitoy—O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqdaman hamda Siz bilan yaqin muloqotni davom ettirishga tayyorman.

    Sizga mustahkam sog‘lik, faoliyatingizga muvaffaqiyatlar, do‘st O‘zbekistonga esa ravnaq va farovonlik tilayman.

    Si Szinpin, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 12-fevral kuni Xitoyga koronavirusga qarshi kurashish uchun gumanitar yordam yuborgan edi. Xitoyga gumanitar yordam yuborish bo‘yicha Toshkent xalqaro aeroportida bo‘lib o‘tgan tadbirda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Ahatov O‘zbekiston Xitoyga har tomonlama yordam ko‘rsatishini aytgan edi.

    Avvalroq, Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Ko‘ja O‘zbekiston Turkiyadan koronavirusni ikki soat davomida aniqlash imkonini beruvchi tibbiy anjomlarni xarid qilishini ma’lum qildi. Vazirga ko‘ra, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga asosan ishlab chiqilgan mazkur tibbiy anjomlar koronavirusni 99,6 foizgacha aniqlik bilan topadi. O‘zbekiston va Qirg‘iziston bunday komplektlardan 10 mingtadan buyurtma qilgani bildirilmoqda, biroq ularning narxi aytilmagan.

    Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasida “Yuqumli kasalliklar profilaktikasi” mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumanida viloyatda 189 nafar fuqaro koronavirusga qarshi tibbiy kuzatuvga olingani ma’lum qilindi.

    Mavzuga doir: Xitoy koronavirusi bo‘yicha 17-fevralning asosiy xabarlari

    Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir sutka ichida mamlakatda koronavirus qurbonlari soni 142 kishiga ko‘payib, yana 1323 kishi kasallikni yuqtirib olgan. 16-fevral holatiga ko‘ra, Xitoyda 68 500 holatda koronavirus bilan xastalanish qayd etilgan, jahon bo‘yicha esa 69 mingdan ortiq inson virus bilan infeksiyalangan. Xitoyda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 1665 kishiga yetgan, 9 419 kishi esa kasallikni yengib o‘tib, tuzalishga muvaffaq bo‘lgan.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentning ikki tumanida “svet” vaqtincha o‘chiriladi

    Bugun, 00:05

    O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi xotin-qizlarni ogohlantirdi

    Kecha, 23:53

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    Kecha, 23:41

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    Kecha, 23:20

    “Xudo qani? — hayqirdi u. — Bilasizlarmi, sizlarga nima demoqchiman! Biz Uni o‘ldirdik — siz va men! Biz uning qotilimiz!...” — “Zardo‘sht tavallosi” asari haqida ...

    Kecha, 23:00

    Ukraina razvedkasi rahbari Rossiyaga dronlar uchirishdan maqsadni ochiqladi

    Kecha, 22:41

    O‘zbekistondagi 4 ta viloyatda yoshlarning ekologiya va fermerlik borasidagi bilimlarini oshiruvchi maxsus o‘quv markaz tashkil etiladi

    Kecha, 22:25

    Shoygu Ukrainadagi urush 2025-yilgacha davom etishini aytdi

    Kecha, 22:10

    Andijonda yana bir mashina zavodi ishga tushirildi (video)

    Kecha, 22:10

    Qirg‘izistonda ham non narxi oshdi

    Kecha, 22:00

    Tavsiya etamiz

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    23:00 / 26.09.2023

    “Namanganda kasallangani aytilayotgan bolalarning barchasi sog‘ayib, uyiga qaytgan” — sog‘liqni saqlash vaziri

    21:00 / 26.09.2023

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    23:00 / 26.09.2023

    O‘zbekistondagi bog‘cha va maktab bolalariga berilgan yod ishlab chiqaruvchisi xalqaro qidiruvda ekani aytilmoqda

    18:00 / 25.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Jizzaxda yuk mashinasi YPX maskaniga tiqilib qolgani aytilgan video tarqaldi (video)

    19:00 / 26.09.2023

    Hind kinosi afsonalari — Amitabh Bachchan va Raj Kapurning nabirasi Agastya Nanda aktyorlikka qadam qo‘ydi

    09:00 / 26.09.2023

    “Kompromat ishi” yuzasidan ayblanuvchilarga sud hukmi o‘qildi 

    16:00 / 26.09.2023

    O‘zbekistonda endilikda ayrim xodimlarning ish haqi mahalla raisi tomonidan tasdiqlanadi

    19:00 / 26.09.2023

    “Biz tayyormiz” — Medvedev Rossiya NATO bilan jang qilishi haqida gapirdi

    19:00 / 26.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?