Daryo

Makgregor Serronega qarshi jangdan 5 mln dollar ishlab oladi. Raqibi esa 3 mln

Konor Habib Nurmagomedov bilan jang uchun 3 million dollarga ega bo‘lgandi

1 daqiqa o‘qish60 392 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: UFC

2020-yilning 18-yanvar kuni Las-Vegasda UFC 246 musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Foto: UFC

Kechaning markaziy jangi Konor Makgregor hamda Donald Serrone o‘rtasida kechadi. Reebok homiysi mablag‘lari, pulli translyatsiyalardan tushadigan mablag‘lar foizi hisobga olinmaganda Konor Makgregor ushbu jangdan 5 million dollar ishlab topishi ma’lum bo‘ldi. Uning raqibi Serrone esa 3 million dollar oladi.

Ma’lumot uchun, Konor Habib Nurmagomedov bilan jang uchun 3 million dollarga ega bo‘lgandi.

Donald Serrone bo‘lsa, o‘zining so‘nggi jangini Jastin Getjiga qarshi o‘tkazgan. U bu jang orqali 195 ming dollar ishlab olgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar