Daryo

O‘zbekistonda 2020-yildan Chevrolet Onix ishlab chiqariladi

2020-yil davomida Onix’ni yangi platformada ishlab chiqarish jarayoniga tayyorlash maqsadida UzAuto Motors korxonasida sozlash ishlari olib boriladi

1 daqiqa o‘qish283 116 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Google Photos

UzAuto Motors kompaniyasi 2020-yilda Chevrolet Onix va boshqa yangi modellarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish loyihasi bo‘yicha sa’y-harakatlarni boshlab yubordi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Google Photos

“2020-yil davomida ushbu avtomobil (Onix)ni yangi platformada ishlab chiqarish jarayoniga tayyorlash maqsadida korxonada sozlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan korxonada ishlab chiqarish jarayoni 6-yanvargacha vaqtincha to‘xtatiladi”, — deyiladi kompaniya axborotida.

Foto: Google Photos

Qo‘shimcha qilishlaricha, 2020-yilda yangi modellarni o‘zlashtirish doirasida ishlab chiqarish jarayonida qisqa tanaffuslar kuzatilishi kutilmoqda.

“Biroq bu kompaniya tomonidan xaridorlarga avtomobilni o‘z muddatida yetkazib berilishiga to‘sqinlik qilmaydi”, — deya va’da bermoqda UzAuto Motors.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar