Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 26-turi doirasida 1-dekabr, yakshanba kuni 2 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.
“Andijon” o‘z maydonida Navoiyning “Qizilqum” jamoasini qabul qildi.
Uchrashuvdagi yagona gol 73-daqiqada urildi. Unga mezbon jamoa yarim himoyachisi Abdulloh Olimov mualliflik qildi.
Shu tariqa “Andijon” o‘z uyida kechgan bahsda “Qizilqum”ni kichik 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng “Andijon” yakuniga yetgan mavsumni 28 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 10-o‘rinda yakunladi. “Qizilqum” esa 24 ochko bilan so‘nggi o‘rinni egalladi va quyi ligaga tushib ketdi.
Shu kuni Namanganning “Navbahor” klubi safarda “Qo‘qon-1912”ga qarshi maydonga tushdi.
Bellashuvning 16-daqiqasida qo‘qonliklar yarim himoyachisi Suxrob Berdiyev hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 3 daqiqa o‘tib namanganliklar jamoasi vakili Aziz Turg‘unboyev hisobni tenglashtirdi.
Natijada o‘yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.
Qayd etish joiz, “Navbahor” 32 ochko to‘plab, mavsumni musobaqa jadvalida 8-pog‘onada tugatdi. “Qo‘qon-1912” esa 26 ochko bilan 11-o‘rinni egalladi.
26-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:
Superliga
26-tur bahslari
1-dekabr, yakshanba
“Andijon”—“Qizilqum” 1:0
Gol: 1:0 — 73 Abdulloh Olimov“Qo‘qon-1912”—“Navbahor” 1:1
Gollar: 1:0 — 16 Suxrob Berdiyev, 1:1 — 19 Aziz Turg‘unboyevYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)